Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 18-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Kreativ yoshlar — Yangi O‘zbekiston kelajagi

17.10.2025
53

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkent shahridagi Inha va Turin politexnika universitetlari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti hamkorligida “Kreativ yoshlar — yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqotda 300 nafardan ziyod startapchi, dasturchi, muhandis va iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.

Shundan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulshana Xudoyarova hamda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Otabek Sobitov, shuningdek, Inha va Turin politexnika universitetlari rektorlari so‘zga chiqib, yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan amaliy sa’y-harakatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda yoshlarning innovasion g‘oya va tashabbuslarini, startap loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilib, ularga qator imtiyoz va imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Ayniqsa, bugungi raqamli texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir paytda yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga keng jalb etishga ustuvorlik berilmoqda. 

Bu borada «Raqamli O‘zbekiston–2030» strategiyasi doirasida hududlarda yoshlar va ayollar uchun raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochilmoqda. Shuningdek, mazkur hujjatda barcha tuman va shaharlarda o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi va kompyuter dasturlash asoslarini o‘rganishi uchun mavjud ta’lim muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bu yosh yigit va qizlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini boyitishda muhim o‘rin tutadi. 

Muloqot doirasida Inha va Turin politexnika universiteti talabalari o‘zlarining kreativ iqtisodiyot, dasturlash, muhandislik va robototexnika yo‘nalishlaridagi innovasion loyihalarini taqdim etdi.

Shuningdek, muhokamalarda yoshlar tomonidan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?