Asosiy kontentga o‘tish
Juma 20-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasining tuman bosqichida 30 nafar ixtirochi qatnashdi

19.03.2026
21
Sayxunobod tuman 1-son texnikumida O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish va ularning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Tadbirda yoshlar muammolarini o‘rganish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mudiri Elyor Jo‘rayev, partiyaning tuman Kengashi apparati rahbari Abdujabbor Ernazarov, tuman Kengashi deputatlari va faol yoshlar ishtirok etishdi. Yoshlar o‘zlari taklif qilgan startap g‘oyalari, kichik biznes rejalari va kreativ loyihalarini taqdim etishdi. Ularning e’tiborini xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik, ishlab chiqarish, turizm, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar va onlayn savdo yo‘nalishlaridagi tashabbuslar o‘ziga tortdi. Loyihaning tuman bosqichida 30 nafardan ortiq yosh ixtirochilar jam bo‘lishdi. Loyiha doirasida “Kreativ tadbirkor yoshlar biznes forumi”, “Kreativ g‘oyalar yarmarkasi”, master-klass va treninglar, “Hunarmandlar ko‘rgazmasi”, “Deputat va yoshlar” muloqot uchrashuvlari hamda sport tadbirlari tashkil qilindi. Asosiy ishtirokchilar oliy ta’lim muassasalari talabalari, texnikum va litsey o‘quvchilari hamda Yoshlar qanoti a’zolari bo‘lishdi.  Har yili yoshlar o‘rtasida yangi tanlovlar tashkil qilishga harakat qilamiz. Lekin qiziquvchan va ixtirochi yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi tanlovlar juda kam edi. Shu sababli ushbu tanlov yoshlar orasida tezda ommalashdi va unga qiziqish bildirganlar soni keskin ko‘paydi. Tanlov iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yangi g‘oya va kashfiyotlarga yetaklashda muhim ahamiyatga ega,  dedi Elyor Jo‘rayev. G‘oliblarni aniqlashda ishtirokchilarning ijtimoiy faolligi, iste’dodi, yetakchilik qobiliyati hamda innovatsion g‘oya va texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalari e’tiborga olindi.Tadbir so‘ngida tanlov komissiyasi eng istiqbolli va amalga oshirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarni e’tirof etdi. Sarvar Samiyev o‘zining “Noodatiy ishlanmalar” loyihasi bilan diqqat markazida turdi. Uning yangi va innovatsion yondashuvlari ishtirokchilar va tashkilotchilar tomonidan yuqori baholandi. Nafisa Alisherova esa “Diorema” nomli startapi bilan sahnaga chiqdi. Uning kreativ g‘oyalari va amalga oshirish rejalari har bir tomoshabinga umid va ilhom bag‘ishladi. Hasan Mastonqulovning “Aqlli robot” loyihasi zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish va yangi imkoniyatlar yaratish borasida alohida e’tirof topdi. G‘oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?