Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Kötarinki ruh, bunyodkor ğoyalarni amalga oşiriş uçun samarali maydon

21.08.2025
698

Bugun mamlakatimizda biznes muhiti tubdan özgardi, çinnakam tadbirkor qiyofasi şakllandi. Ularning faoliyatiga ğov bölib kelgan barça tösiqlar bosqiçma-bosqiç bartaraf etildi. Işbilarmonlarga xorijiy davlatlar bilan yaqin diplomatik aloqalarni mustahkamlaş, eksport-import jarayonlarini soddalaştiriş, ularning faoliyatiga asossiz aralaşuv imkoniyatlarini yöqotiş — bularning bari biznes muhitini yaxşilaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş, sohani faol kengaytiriş uçun katta rağbat berdi. Endi tadbirkorlikka qörquv bilan emas, balki katta işonç, ulkan maqsad va loyihalar bilan kirib borilyapti. Davlatimiz rahbari ularni bugungi kun qahramonlari sifatida e’zozlaydi.

Şu bois Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bevosita oçiq muloqoti an’anaviy tarzda yölga qöyilgani nafaqat işbilarmonlarimizni qöllab-quvvatlaş, balki ularga kötarinki ruh, bunyodkor ğoyalarini amalga oşirişi uçun turtki bermoqda. Eng asosiysi, tadbirkorlarning muammolari, murojaat va takliflarini tinglaydigan, ularga yeçim topadigan samarali tizim yaratildi.

Döstona va işonç ruhini beruvçi navbatdagi oçiq muloqotda ham şu kabi yutuqlar e’tirof etilişi barobarida tizimda keçiktirmay hal qilinişi lozim bölgan masalalarga ham ijobiy yeçim aytildiki, bu soha vakillarini nihoyatda tölqinlantirib yubordi.

Hozir Özbekistonda ham ilğor, uddaburon, işning közini biladigan tadbirkorlar safi tobora kengayib borayotir. Har bir sohaga innovatsion yondaşuvlar kirib kelyapti. Yangi-yangi işlab çiqariş turlari köpaymoqda. Jumladan, işini kiçik loyihadan boşlab, biznesda tajriba va malaka töplagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga kömak berib, ularni 50-100 nafar odam işlaydigan baquvvat korxonalar sohibiga aylantiriş maqsadida YATT va özini özi band qilgan şaxslar uçun 2030 yilgaça maxsus huquqiy rejim joriy etildi.

Endi bunday tadbirkorlar uçun röyxatdan ötişdan tortib hisobot topşirişgaça bölgan barça xizmatlarni jamlagan raqamli platformalar yaratiladi. Bunda tadbirkorlar kerakli hujjatlarni masofaviy biometriya va “SMS xabarnoma” orqali elektron kalitsiz imzolaşi mumkin. Işçilarga elektron hamyon orqali “kunbay”, “soatbay” maoş tölaş imkoniyati berilyapti.

Har bir tarmoqning sifati kafolatlangan, raqobatdoş 10 tadan mahsulotiga “Özbekiston ramzi” sifat belgisini berib, ularni dunyoga tanitiş uçun katta tarğibot kampaniyasi boşlanadi.

Demak, katta korporatsiyalar yanada köpayadi, çet el bozorlariga çiqiş imkoniyatlari ortadi, mamlakatimizning eksport salohiyati sezilarli darajada yuksaladi. Albatta, bu Özbekistonda tadbirkorlikni rivojlantiriş tizimli tus olganidan dalolatdir.

Davlat rahbari oçiq muloqotda ilgari surgan yangi taşabbuslar keçaning özidan boşlab kuçga kirdi. “Özbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş çora tadbirlari töğrisida”gi Farmon e’lon qilindi. Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça ilgari surilgan har bir yangilik soha rivojida navbatdagi muhim qadamlardan bölişiga işonamiz. Tadbirkorlarimiz esa Yangi Özbekiston iqtisodiy asosini yaratişning eng faol iştirokçisiga aylanişi, şubhasiz.

Ravşan FOZILOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining
Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiriş va
sanoat masalalari qömitasi a’zosi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?