Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 22-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Bandixonlik ishbilarmon ayollar saralandi

19.06.2026
26

“Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Bandixon tumanida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla bosqichida g‘olib bo‘lgan 20 dan ortiq tadbirkor ayol ishtirok etdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, “Bektepa” mahallasidan tadbirkor Hosiyat Mengniqulova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. U mebel ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritib, bir nechta fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlab kelmoqda.

Shuningdek, Jamila Ashurova 2-o‘rin, Habiba Xurramova esa 3-o‘rin sohibi bo‘ldi. Gʻoliblar munosib taqdirlandi.

Tanlov xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash va mahallalar iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?