Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 28-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ellikqal’adagi sayyor qabulda 5 nafar keksaga sanatoriy yo‘llanmalari, 3 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga esa aravachalar berildi

28.04.2026
56

Ellikqala tumanida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida tashkil etilgan sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini joyida o‘rganib, tezkor yechim topishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.Ellikqala tumanida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida tashkil etilgan sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini joyida o‘rganib, tezkor yechim topishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Tadbirda partiya vakillari, deputatlar hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari tinglandi va amaliy choralar belgilab olindi.
Sayyor qabul davomida 100 ga yaqin murojaat qabul qilinib, ularning yarmidan ortig‘i joyida hal etildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar qo‘llab-quvvatlandi. Jumladan, 5 nafar keksalarga sanatoriy yo‘llanmalari, 3 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga aravachalar berildi. Shuningdek, 5 nafar kam ta’minlangan yoshlarning oliy o‘quv yurtida tahsil olishi uchun kontrakt to‘lovlari qoplab berildi.
Shuningdek, bandlikni ta’minlashga alohida urg‘u berildi: fuqarolarga asbob-uskunalar ajratildi, xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi. Fuqarolar bunday sayyor qabullar orqali o‘z muammolariga tez yechim topilayotganini ta’kidlab, bu tashabbuslar ularning davlat va jamiyat institutlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlayotganini bildirishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?