“Mahallaning işbilarmon ayoli” loyihasi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirişga xizmat qilmoqda
Qoraqalpoğistonda xotin-qizlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Mahallaning işbilarmon ayoli” loyihasi doirasidagi tanlovga rasman start berildi. ÖzLiDeP Qoraqalpoğiston Respublikasi Ayollar qanoti hamda Nukus şahar Kengaşi hamkorligida “Naöqan bağ” mahalla fuqarolar yiğinida taşkil etilgan tadbirda mahallada faoliyat yuritayotgan işbilarmon xotin-qizlar öz biznes loyihalari va taşabbuslari bilan iştirok etdi.
Tanlovda iştirokçilar öz faoliyati, erişgan natijalari, işlab çiqarayotgan mahsulotlari hamda kelgusi rejalari haqida taqdimotlar ötkazdi. Hakamlar hay’ati tomonidan ularning taşabbuskorligi, innovasion yondaşuvi va mahalliy bozorda talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqarayotgani alohida e’tirof etildi. Tadbir mahallada tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirişga xizmat qilişi e’tirof etildi.
Tanlov yakunlariga köra, yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş yönalişida faoliyat yuritayotgan Mehriban Utemuratova ğolib deb topildi. Şuningdek, qöl mehnati, milliy liboslar tikiş va pillaçilik sohasida samarali mehnat qilayotgan iştirokçilarning faoliyati ham yuqori baholandi. Bunday loyihalar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oşiriş, yangi iş örinlari yaratiş va mahallalar taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.