“Mahallaning işbilarmon ayoli” loyihasi faol va taşabbuskor xotin-qizlarni kaşf etmoqda
ÖzLiDeP taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “Mahallaning işbilarmon ayoli” loyihasi mahallalardagi faol, taşabbuskor va öz biznes ğoyasiga ega xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Loyiha doirasida ÖzLiDeP Xorazm viloyat Kengaşi “Ayollar qanoti” taşabbusi bilan Urganç şahridagi “Feruz” mahallasida tadbirkor ayollar faoliyati örganildi. Işçi guruh mahallada öz biznesini yölga qöygan xotin-qizlar bilan uçraşib, ularning yutuqlari va kelgusi rejalari bilan yaqindan tanişdi.
Mahallada bugungi kunda ön nafarga yaqin tadbirkor ayol turli sohalarda samarali faoliyat olib bormoqda. Ular orasida yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand Zulfiya Qalandarova ham bor bölib, u 2010 yildan buyon buyurtma asosida körpa va körpaçalar tikiş bilan şuğullanib kelmoqda. Uning faoliyati mahallada ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş, kasb-hunar orqali daromad manbai yaratişning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etildi.
Şuningdek, işçi guruh “Urganç yuksaliş” xususiy korxonasi faoliyatini ham örgandi. Korxona rahbari Risolat Abdukarimova vaqt içida barqaror işlab çiqarişni yölga qöydi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş orqali mahsulot sifatini va hajmini oşirib, bugungi kunda 23 nafar işçi, jumladan, imkoniyati çeklangan xotin-qizlarni ham doimiy iş bilan ta’minlab kelmoqda. Korxona mahsulotlari içki bozor bilan birga xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda.
Tadbir yakunida işçi guruh a’zolari tadbirkor ayollar faoliyatini yuqori baholab, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş davom ettirilişini ta’kidladilar. Tanlov natijasiga köra, “Feruz” mahallasining eng faol va taşabbuskor tadbirkori sifatida Risolat Abdukarimova saralab olindi. Bu esa mahallada işbilarmonlik muhitini yanada kuçaytiriş, ayollar bandligini ta’minlaş va hudud iqtisodiy salohiyatini oşiriş yölida muhim qadam böldi.