Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Mahsulotlari eksportga çiqayotgan tadbirkor Buxoroning işbilarmon ayoli böldi

26.08.2025
683

ÖzLiDeP tomonidan “Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun!” şiori ostida “Işbilarmon ayol–2025” körik-tanlovining hududiy respublika bosqiçi ötkazilmoqda. Buxora viloyatida taşkil qilingan tanlovda turli tuman va şaharlardan taşrif buyurgan 13 nafar tadbirkor va işbilarmon xotin-qizlar iştirok etib, öz mahsulotlari, bilim va tajribalarini namoyiş etdilar.

Mazkur tanlovning joriy yilgi saralaş bosqiçlari mahallalar kesimida ötkazilib, 500 dan ortiq ayol tadbirkor va hunarmandlar iştirok etdi.

Natijalarga köra, Romitan tumanidagi “Basiyr” MÇJ rahbari Surayyo Şaropova 1-örinni, Buxoro şahridagi “MAMEDOVA Ş” xususiy korxonasi rahbari Şahlo Mamedova 2-örinni, Buxoro tumanidagi “Naqşband” hunarmandçilik markazi rahbari Dilovar Boltayeva esa 3-örinni qölga kiritdi.

— Tadbirkorlik faoliyatimizni yölga qöyganimizga 4 yil böldi, — deydi tanlov ğolibi, “Basiyr” MÇJ rahbari Surayyo Şaropova. — Bugungi yutuq meni yanada katta marralarni egallaşga ruhlantiradi. Korxonamizda asosan töqima stol-stullar va transport vositalariga tirkamalar işlab çiqariladi. Hozirda 20 nafar mahalliy aholi doimiy iş bilan ta’minlangan. Mahsulotlarimiz Rossiya, Qozoğiston, Tojikistonga eksport qilinayotgani biz uçun katta şaraf. Tanlovda ğolib bölişim işbilarmon ayollar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar va körsatilayotgan qöllab-quvvatlaşning amali natijasidir.

Tadbir doirasida mahalliy işlab çiqaruvçilarning körgazmalari, milliy liboslar namoyişi hamda san’atkorlar ijrosidagi konsert dasturi iştirokçilarga bayramona kayfiyat ulaşdi. Tanlov ğoliblari va sovrindorlari diplomlar hamda esdalik sovğalar bilan taqdirlandilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?