“Maksam Çirçiq”da O‘zLiDeP saylovoldi dasturining taqdimoti bölib ötdi
27 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Xalq deputatlari mahalliy Kengaşlarga bölib ötadigan saylovlarga tayyorgarlik qizğin pallaga kirib bormoqda. Markaziy Saylov komissiyasi O‘zLiDePga saylovlarda iştirok etiş uçun ijozat bergandan söng, joylarda partiya saylovoldi dasturi loyihasi muhokamasi boşlandi.
Partiyaning saylovoldi dasturi loyihasi muhokamasiga bağişlangan dastlabki yiğiliş Çirçiq şahridagi “Maksam Çirçiq” AJ zavodida partiya rahbari Aktam Xaitov, deputatlar, işbilarmonlar, zavod işçilari va aholi vakillari iştirokida taşkil qilindi.
Ta’kidlanganidek, partiya joriy yilgi saylovlarga “Va’da emas, natija, ertaga emas, bugun”, degan şior bilan kirib kelmoqda. O‘zLiDeP bu yilgi saylovoldi dasturida tadbirkorlar, işbilarmonlar, fermerlar, fan-ta’lim, tibbiyot va işçi-xodimlar manfaatlarini himoya qilişga jiddiy e’tibor qaratgan. “5 maqsad – 500 vazifa” şiori ostida ötgan saylovoldi dasturi muhokamasida O‘zLiDeP keyingi 5 yillikda maqsad vazifalari, xalqçil ğoyalari haqida söz yuritildi. Xususan, aholimiz farovon hayot keçirişi, farzandlarimiz sifatli ta’lim va tibbiyotdan bahramand bölişi, ayollarimiz va nuroniylarimiz, jamiki yurtdoşlarimiz baxtli yaşaşi, xalqimiz dasturxoni tökin bölişi hamda ertangi kunimiz yoruğ bölişi uçun partiya öz oldiga aniq maqsadlarni qöygan. Muloqotda partiya maktabgaça ta’lim taşkilotlari va umumiy örta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining örtaça iş haqini 2 barobar oşiriş, umumiy örta ta’lim maktablarida 153 mingdan ortiq sinf rahbarlari uçun tölanadigan mablağ miqdorini köpaytirişni taklif qilayotgani ta’kidlandi.
Şuningdek, Yangi Özbekistonni yuksak madaniyat va ma’naviyatga ega bölgan, erkin, baxtli insonlar yaşaydigan mamlakatga aylantiriş uçun partiya butun kuç va imkoniyatlarini safarbar etişi, “Yangi Özbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oşiriş böyiça milliy dasturni işlab çiqiş böyiça aniq reja-dasturga ega ekani urğulandi. Şuningdek, maoş oluvçi fuqarolarni mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorini 3 barobarigaça bölgan qismini daromad soliğidan ozod etiş, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli böyiça belgilangan ijtimoiy normalar miqdorlarini mavsumiylik, xonadon a’zolarining ijtimoiy himoya reyestriga kiritilganligi va oilalar sonidan kelib çiqib, qayta körib çiqiş, energiya ta’minoti sohasidagi moliyaviy hisobotlarda şaffoflik va oçiqlikni ta’minlaş kabi yönalişlarda öz oldiga qöygan maqsadlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Yiğiliş qatnaşçilari ilm ahli va ijodkor ziyolilarga doimiy e’tibor qaratiş, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qöllab-quvvatlaş, mehnat va yaşaş şaroitlarini, şuningdek, madaniyat va sport muassasalari, kutubxonalar, teatr va muzeylarning moddiy-texnik bazasini yanada yaxşilaş yuzasidan taklif-mulohazalarini bildirişdi. Şuningdek, muhokama iştirokçilari fuqarolarni maqbul uy-joy bilan ta’minlaş maqsadida har bir oila öz uyiga ega bölişi kerakligini ta’kidlab, mazkur yönalişni ham O‘zLiDePning saylovoldi dasturiga kiritişni tavsiya qilişdi.