Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Mamlakatimiz yangi taraqqiyotining strategik dasturi

28.12.2025
836

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasi mamlakatni yaqin va örta istiqbolda jadal rivojlantirişga doir tom ma’nodagi tarixiy voqea bölib, strategik yönalişlar böyiça konseptual yondaşuvlar bayon qilingan milliy taraqqiyotimizni yangi bosqiçga kötarişga qodir dasturiy hujjat hisoblanadi.

U hayotiy dastur sifatida xalqimizga har tomonlama manfaatli bölib, mamlakatimiz kelajagiga bevosita daxldordir. Bundagi ğoya, taşabbus va rejalar har birimizning faoliyatimiz samaradorligini yanada oşirişga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbarining navbatdagi Murojaatnomasida davlat va jamiyat hayotida amalga oşirilgan tub islohotlar, erişilgan natijalar, yurtimizni yanada rivojlantirişga xizmat qiladigan yangi, kölami keng taşabbuslar ilgari surildi.

Murojaatnomada aytilganidek, dunyoda sodir bölayotgan va yaqin-yaqingaça heç kim tasavvur qila olmagan özgarişlar, davlatlar örtasida iqtisodiy qarama-qarşilik, xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan bugungi kunda milliy birlik nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Şu bois, mamlakatimiz rahbari Vatan va xalqimiz manfaati yölida barçani birlaşişga da’vat etdi. Zero, bugungi tahlikali vaziyatda köplab muammolarni birgalikda hal etişimiz zaruriyati ham ortib bormoqda.

Xalqimizni birlaştirişda hamda köplab muammolarni joyida bartaraf etişda muhim institut bölgan mahallaning örniga yuksak baho berildi. Bu bejiz emas. Çunki mahalla tinç va ahil bölsa, jamiyatimiz tinç va hamjihat böladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi. Jamiyatimizning har bir a’zosi ham mahallada istiqomat qiladi va öz ehtiyojlarini qondiradi. Mahallalar fuqarolar va oilalar bilan bevosita işlaşda, joylardagi muammolarni sifatli hal etişda katta kuçga ega.

Davlatimiz rahbari noyob institut bölgan mahallaning örnini teran oçib berdi va kelgusi yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili”, deb e’lon qilişni taklif etdi. Bu xalqimiz tomonidan iliq kutib olindi va qöllab-quvvatlandi. Zotan, bugungi kunda mahalla instituti davlat hokimiyati organlari bilan xalq örtasida işonçli köprikka, aholi muammolarni samarali hal etişga qodir institutga aylandi.

Sönggi töqqiz yildagi islohotlar samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Biroq, zamon uşbu şiddatli islohotlarni izçil davom ettirişni, yangiça çaqiriqlarga munosib javob berişni taqozo qilyapti. Şuning uçun 2026-yil davlat boşqaruvi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari, ta’lim, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, sport, ekologiya tizimini – barça-barça sohalarni rivojlantirişda tub buriliş yili böladi.

Murojaatnomada 2026-yilda amalga oşiriladigan eng muhim 6 ta ustuvor yönalişdan iborat dastur haqida atrofliça töxtalib ötildi. Bu yönalişlar davlat va jamiyat hayotining barça sohalarini qamrab olgan bölib, mahalla infratuzilmasini yanada yaxşilaş, iqtisodiyotni texnologik va innovatsion ösiş modeliga ötkaziş, içki bozorda talabni rağbatlantiriş, kasblarni rivojlantiriş hamda yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratiş, ekologiya va “yaşil” energetika, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, zamonaviy davlat boşqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlarni içiga olişi bilan ahamiyatlidir.

Murojaatnomada hozirgi murakkab şaroitda oçiq va pragmatik, özaro işonç va hurmatga asoslangan taşqi siyosat, milliy xavfsizlikni ta’minlaş, yurtimizda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, Qurolli Kuçlarimiz jangovar salohiyatini oşiriş borasidagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Yuqoridagi har bir ğoya va taşabbuslar esa xalqimiz kelajagi va yorqin istiqbolini quriş yölida muhim ahamiyatga ega. Öz navbatida, uşbu taşabbuslarni keng tarğib etiş va hayotimizga keng joriy etiş har birimizning şarafli burçimizdir.

 Xuşvaqt XAYITOV,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?