Mamlakatimizning strategik şeriklik va modernizatsiya yölidagi salmoqli qadami
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning okeanortiga taşrifi doirasida BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida iştirok etişi asosiy kun tartibidan örin oldi. Prezidentimiz umumiy munozaralar minbaridan Özbekistonning global va mintaqaviy masalalar böyiça pozitsiyasini bayon etdi. Bu nutq orqali mamlakatning tinçlik, barqaror rivojlaniş, suv va iqlim xavfsizligi, logistika koridorlari va inson huquqlariga oid taşabbuslari yana bir bor namoyon böldi.
Taşrifning eng katta yangiligi — “Uzbekistan Airways”ning “Boeing” bilan yirik şartnoma tuzişi böldi. 14 ta “787 Dreamliner” samolyotini sotib oliş, yana 8 tasiga esa opsion kelişuv imzolandi. Qiymati taxminan 8 mlrd. dollardan ortiq bölgan bu bitim aviakompaniya tarixida eng katta xarid hisoblanadi. AQŞdagi minglab iş örinlari qöllab-quvvatlanişi bilan birga, Özbekiston uçun ham yangi imkoniyatlar eşigi oçildi. Bu laynerlar parvoz geografiyasini kengaytiradi, turizm va transport sohasida raqobatbardoşlikni kuçaytiradi, xizmat sifatini yangi bosqiçga olib çiqadi.
Moliya va iqtisodiyot sohasi ham taşrifning asosiy yönalişlaridan biri böldi. Prezident Jahon banki va Xalqaro valyuta jamQarmasi rahbarlari bilan uçraşib, islohotlarning kelgusi bosqiçi va moliyaviy qöllab-quvvatlaş vositalari haqida fikr almaşdi. Şu bilan birga, “Bank of New York Mellon” va “Franklin Templeton” kabi moliyaviy gigantlar bilan muloqotlarda kapital bozorini rivojlantiriş, institusional sarmoya jalb etiş, korporativ boşqaruvni mustahkamlaş masalalari muhokama etildi. Bu uçraşuvlar Özbekiston moliya infratuzilmasini çuqur modernizatsiyalaş va xalqaro bozorlardagi mavqyeini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Taşrif davomida AQŞning yetakçi korporatsiyalari va sarmoyaviy jamğarmalari bilan raund-stol ham ötkazildi. Unda raqamli iqtisodiyot, infratuzilma, ta’minot zanjirlari va kritik minerallar sohasidagi hamkorlik masalalari körib çiqildi. Ayniqsa, kritik minerallar yönalişiga oid kelişuvlar Özbekiston uçun katta ahamiyatga ega. Çunki bu sohada qöşilgan qiymatni mamlakat içida şakllantiriş va yangi iş örinlari yaratiş imkoni paydo böladi.
Siyosiy jihatdan ham taşrif samarali ötdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan oldindan telefon orqali muloqot qilgani va ikki tomonlama strategik şeriklikni kengaytiriş masalalari muhokama etilgani taşrifning muhim diplomatik fonida namoyon böldi. Nyu-Yorkda esa xalqaro taşkilotlar va davlatlar rahbarlari bilan muloqotlar Özbekistonning global maydondagi nufuzini yanada mustahkamladi.
Şu jihatdan, Nyu-Yorkka taşrif nafaqat diplomatik aloqalar, balki aniq iqtisodiy va sanoat yönalişlarida ham keng qamrovli natijalarga ega böldi. Bu taşrifning amaliy samaralari yaqin yillarda aviatransport, kapital bozorlari, sanoat va turizm sohalarida öz sözini aytişi şubhasiz. Şu bois bu safarni Özbekistonning strategik şeriklik va modernizatsiya yölidagi muhim qadam sifatida baholaş mumkin.
Pokiza AHMEDJANOVA,
ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi a’zosi, Oliy Majlis Senati a’zosi,
xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengaşi raisi.