Maoşi kam fuqarolar daromad soliğidan ozod etilişi kerak
Saylov kuni yaqinlaşgani sayin elektorat vakillari siyosiy partiyalar ilgari surayotgan takliflarga tobora köproq e’tibor qaratayotgani heç kimga sir emas. Bunda, ayniqsa, islohotlar muvaffaqiyati uçun mas’uliyatni zimmasiga olgan O‘zLiDeP örtaga taşlayotgan taşabbuslar hammaning diqqat markazida bölib turibdi.
Muayyan ğoya ahamiyati uning insonlar kundalik hayotiga neçoğli yaqin-yiroqligi bilan boğliq xolis mezonlar asosida baholanişi hammaga ma’lum. Şu ma’noda, partiyadoşlarimiz olib çiqayotgan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining uç barobarigaça bölgan oylik maoşini daromad soliğidan ozod etiş etiş bilan boğliq jöyali taklif köpçilik saylovçilar uçun ayni muddaodir, desak mubolağa qilmaymiz.
Daromadi nisbatan kam bölgan aholi toifalarini manzilli qöllab-quvvatlaş, xususan, maoşi oz kişilarning daromad soliğidan ozod etilişi ijtimoiy hayotda dolzarb örin tutadi. Bu degani fuqarolar oyliklarining 3 million 465 ming sömgaça bölgan qismiga daromad soliği qöllanilmaydi. Buning natijasida majburiy uşlanmalar kamayib, har oyda qöşimça 400 ming sömdan ziyodroq mablağga ega böladi.
Aslida odamlarning real daromadlariva ularning xarid qobiliyatini oşiriş, yaşirin iqtisodiyot uluşini kamaytiriş hamda rasmiy sektorda band bölgan aholi sonini köpaytiriş jarayonlari O‘zLiDeP maqsadlariga mos keladi. Bu borada esa qonunlar orqali belgilanadigan soliq imtiyozlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni yönalişdagi xorijiy tajriba atrofliça örganilgani e’tiborga molik. Uşbu tajriba hozir Avstraliya, Germaniya, Braziliya va boş davlatlarda ham qöllaniladi.
Modomiki, jismoniy şaxslarning daromadlari uçun soliqqa tortilmaydigan “minimum” miqdorni oşiriş ijtimoiy tengsizlikning oldini olişga, kambağallikni qisqartirişga kömaklaşadi. Boşqaça aytganda, soliqqa tortişning oqilona tizimi kam daromadli fuqarolarning kambağallar toifasiga tuşib qolişiga yöl qöymaydi.
O‘zLiDeP ilgari surayotgan bu taklif Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Soliq va yiğimlar adolatli bölişi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşirişiga tösqinlik qilmasligi kerak”, degan qat’iy normasiga har tomonlama mos kelişini ham unutmaslik lozim.