Markaziy Osiyo öz yölini özi belgilaydi
Kuni-keça rossiyalik propagandaçi Vladimir Solovyov tomonidan aytilgan bayonot öz mohiyatiga köra na tahlil, na siyosat, balki zamonaviy dunyo hayotidan uzilgan imperiyaviy ötmiş ritorikasidir.
Markaziy Osiyo, jumladan Özbekiston – heç kimning «ta’sir zonasi», «kimningdir Osiyosi» yoki geosiyosiy fantaziyalaridagi savdolaşuv ob’yekti emas. Biz – xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan, öz xalqlari, manfaatlari va xavfsizligi uçun javobgar bölgan suveren davlatlarmiz.
Tele-efirlarda oçiqçasiga oqlanayotgan xalqaro huquqni mensimaslik – bu töğridan-töğri davlatlararo işonçning yemirilişiga, beqarorlik va uruşlarga olib boradigan yöldir. Şu bois Markaziy Osiyo davlatlari kuç işlatiş mantiğini emas, balki çegaralarning daxlsizligi, içki işlarga aralaşmaslik va tinç hamkorlikni izçil qöllab-quvvatlaydi.
Öz çegaralaridan taşqarida «milliy xavfsizlik» bahonasi bilan tajovuzni asoslaş – bu öta xavfli tarzda öz-özini aldaşdir. Heç bir davlat qöşnilariga tahdid solib xavfsizroq bölib qolmaydi. Tarix köp bor isbotlagan: uruşni eksport qiliş oxir-oqibat beqarorlik, sanksiyalar, xalqaro yakkalaniş va kelajakdan mahrum böliş bilan qaytib keladi.
Biz barça hamkorlarimiz, jumladan Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarni qörquv emas, tenglik va özaro hurmat asosida qurmoqdamiz. Markaziy Osiyo, jumladan Özbekiston özi bilan ultimatum tilida gaplaşişga mutlaqo yöl qöymaydi.
Markaziy Osiyo – bu muloqot, taraqqiyot va mas’uliyat mintaqasi. U «ozod etiş», homiylik yoki boşqalarning uruşlariga muhtoj emas.
Saydullo Azimov,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati,
ÖzLiDeP fraksiyasi a’zosi.