Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi parlament diplomatiyasi — mintaqaviy taraqqiyotning yangi bosqiçi

18.12.2025
823

Bugungi murakkab geosiyosiy va global iqtisodiy jarayonlar şaroitida an’anaviy diplomatiya bilan bir qatorda parlament diplomatiyasining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Şu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uçinçi yiğilişi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş yölida muhim voqea böldi.

15–17 dekabr kunlari Toşkent şahrida bölib ötgan mazkur uçraşuv parlamentlararo muloqotni institusional jihatdan rivojlantiriş, özaro işonç va konstruktiv şeriklikni yanada çuqurlaştirişga xizmat qildi. Uşbu format 2023 yilda Seul şahrida ötkazilgan birinçi yiğilişdan boşlab barqaror va izçil rivojlanib kelmoqda. 2024 yilda Aşxobodda bölib ötgan ikkinçi yiğiliş esa parlamentlar örtasidagi hamkorlikni tizimli yölga qöyiş va davlatlararo kelişuvlarning qonunçilik asoslarini mustahkamlaşga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi.

Toşkentdagi uçinçi yiğilişda inson qadri, ijtimoiy adolat va atrof-muhitni muhofaza qiliş kabi umuminsoniy qadriyatlar hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida belgilandi. Global beqarorlik va iqlim özgarişi şaroitida parlamentlar örtasidagi oçiq va işonçli muloqot alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Koreya Respublikasining innovatsiya, raqamlaştiriş va yuqori texnologiyalar sohasidagi tajribasi Markaziy Osiyo davlatlari uçun katta amaliy ahamiyatga ega. Ayni paytda, mintaqaning iqtisodiy va inson salohiyati özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun mustahkam asos yaratadi. Bu jarayonda parlamentlararo diplomatiya davlatlararo munosabatlarning samarali qöşimça mexanizmi sifatida namoyon bölmoqda.

Özbekiston uçun uşbu format Prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan oçiq va pragmatik taşqi siyosatning mantiqiy davomi hisoblanadi. Parlament diplomatiyasini faollaştiriş va mintaqaviy barqarorlikka hissa qöşiş mamlakatimiz ustuvor vazifalaridandir.

Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining muntazam uçraşuvlari qonunçilik sohasida tajriba almaşiş bilan birga, xalqlar örtasida özaro işonç va hamjihatlikni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Uçinçi yiğiliş yakunlari asosida erişilgan kelişuvlar mintaqaviy taraqqiyotni ta’minlaş yölida muhim qadam bölib xizmat qiladi.

V.N. Pak
Özbekiston Respublikasi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?