Markaziy Osiyoga mahsulot eksport qilayotgan işbilarmon ayol 300 nafar xotin-qizga iş örni yaratdi
ÖzLiDeP taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “Mahallaning işbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Xorazm viloyati, Hazorasp tumanidagi qator mahallalarda tadbirkor xotin-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanişildi. Xususan, “Al Xorazmiy”, “Muxomon”, “Ovşar” va “Karvak” mahallalarida ötkazilgan uçraşuvlarda ayollarning tadbirkorlik faoliyati, erişgan yutuqlari va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
Uçraşuvlar davomida “Muxomon” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Diamond” MÇJ iş faoliyati alohida e’tiborga sazovor böldi. Ayollar kiyimlari tikişga ixtisoslaşgan mazkur korxona 2020 yilda tadbirkor Risolat Quryozova tomonidan 5 nafar xodim bilan taşkil etilgan bölsa, bugungi kunda bu yerda 300 nafar xotin-qiz doimiy iş bilan ta’minlangan. Korxona faoliyati izçil rivojlanib, mahsulotlar Qirğiziston va Tojikiston davlatlariga eksport qilinmoqda. Bu esa mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş bilan birga “Made in Uzbekistan” brendi nufuzini oşirişga xizmat qilmoqda.
Şuningdek, korxonada işlab çiqariş hajmini yanada kengaytiriş maqsadida Navröz arafasida 500 örinli yangi zamonaviy tikuvçilik korxonasini işga tuşiriş rejalaştirilgan. Bu orqali yana 500 nafar xotin-qiz uçun yangi iş örinlari yaratiladi. Işçi guruh qaroriga asosan tadbirkor Risolat Quryozova “Mahallaning işbilarmon ayoli” loyihasining tuman bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanma oldi.