Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Maqsadimiz aniq: Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida bor kuç-qudratimizni ayamaymiz

22.08.2025
928

Davlat rahbari bilan har yili bir neça yuzlab tadbirkorlarning bevosita muloqoti va masalaning joyida yeçilişi xalqaro amaliyotda juda kamdan-kam uçraydigan hodisa. Özbekistonda ana şunday jonli va samimiy muloqotning beşinçi marotaba ötkazilganining iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va huquqiy ahamiyati nihoyatda ulkan.

Barçamiz guvohi bölganimizdek, şu yil 20-avgust kuni Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bölib ötgan oçiq muloqotida iqtisodiyotimizning tayançi bölgan, katta kuç — tadbirkorlar hamjamiyati uçun navbatdagi juda muhim imkoniyatlar va imtiyozlar e’lon qilindi.

“Biznesni 15 daqiqada boşlaş” tamoyilidan tortib, Investitsiya kodeksini qabul qilişgaça bölgan juda köplab yangiliklar minglab tadbirkorlarimiz uçun tarixiy ahamiyatga ega böldi. Bu taklif va taşabbuslar iqtisodiy taraqqiyotimizning navbatdagi bosqiçining tizimli masalalarini yeçib berdi.

Şu örinda savol tuğiladi: xöş, Özbekistonning sakkiz yil avvalgi tadbirkori bilan bugungi tadbirkorining farqi qanday? Avvalo, aytiş kerakki, ötgan qisqa davrda davlatimiz rahbarining taşabbusi bilan mamlakatimizda şiddatli işbilarmonlik ruhi uyğondi. Bir vaqtlar qörquv va sarosima bilan iş boşlagan tadbirkor bugungi kunga kelib katta kuç va ğayrat, hayotbaxş ilhom bilan bu sohaga qadam qöymoqda. Xalqimizning esa tadbirkorga mehri, işonçi va hurmati oşmoqda.

Albatta, bunday natijalarga osonlik bilan erişilgani yöq. Quyida amalga oşirilgan tadrijiy islohotlarning eng muhimlariga töxtalib ötsak.

Darhaqiqat, ötgan qisqa muddatda iqtisodiyotning moliyaviy barqarorlaşuviga erişilgani, institutsional özgarişlar amalga oşirilgani, iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlariga asos solingani, kiçik va örta biznes rivoji kuçli turtki beruvçi yangi mexanizmlarning işga solingani mamlakat iqtisodiyotining qiyofasini özgartirib yubordi.

Buni 2016-yilda Özbekistonda 250 mingta atrofida tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan bölsa, bugungi kunga kelib bu körsatkiç qariyb 600 mingga yetgani misolida köriş mumkin. Ya’ni, sönggi sakkiz yilda tadbirkorlar soni ikki yarim barobardan köproq oşdi. Bu ösişning asosiy sabablaridan biri biznesga yaratilayotgan imkoniyatlardir.

Ortiqça byurokratiya va hujjatbozlik barham topdi. Soliq turlari qisqartirildi, stavkalar pasaytirildi. Aholi va tadbirkorlardan 120 turdagi hujjatlarni talab qiliş bekor qilinib, yana şunça litsenziya raqamlaşdi. Birgina ötgan yili 16 turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi, natijada tadbirkorlarning 350 milliard sömlik xarajatlari tejaldi. Biznes oçiş jarayoni qisqa vaqt içida amalga oşiriladigan sodda tizimga aylandi.

Ilgari tadbirkorlik subyektlarini röyxatdan ötkazişga bir neça kun vaqt talab etilgan bölsa, hozirgi kunda bu jarayon töliq elektron şaklga ötgan. Litsenziya va ruxsat beriş turlari 2 barobarga qisqartirilib, 100 dan ortiq ruxsatnoma turlari bekor qilindi.

Tadbirkorlar bilan muloqot qiliş tizimi tubdan takomillaştirildi. Prezidentimizning tadbirkorlar bilan muloqoti an’anaviy tus olib, har yilgi muloqot jarayoni juda katta tayyorgarlik va tadbirkorlar oldida turgan köplab masalalarning yeçimiga xizmat qilmoqda.

Masalan, ilk oçiq muloqotdan buyon tadbirkorlarning 1 mingga yaqin taşabbusi qonunçilikka kiritildi. Buning natijalarini nafaqat tadbirkorlar, balki butun aholi özining kundalik hayotida his qilmoqda. Biznesni “soya”dan çiqariş çoralari natijasida 139 mingta korxonada iş örinlari 811 mingtaga köpaydi. 273 mingta korxona iş haqi fondini 22 foizga oşirdi.

Mamlakatimizda 20 avgust kuni “Tadbirkorlar kuni” sifatida belgilangani tadbirkorlikning davlat va jamiyat taraqqiyotida tutgan örnini e’tirof etiş, ularning nufuzini oşiriş hamda jamiyatda tadbirkorlik madaniyatini şakllantirişga zamin yaratmoqda.

Uşbu sana arafasida har yili faol va namunaviy tadbirkorlar davlat mukofotlari, şu jumladan “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni, “Mehnat şuhrati” medali va “Faol tadbirkor” körkak nişonlari bilan taqdirlanmoqda. Bu esa tadbirkorlik sohasiga bölgan davlat e’tiborining amaliy ifodasidir.

Mamlakatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan oçiq muloqot şaklidagi navbatdagi uçraşuvining Yangi Toşkentda ötkazilgani ham unga özgaça ma’no va mazmun baxş etdi. Çunki Yangi Toşkent Prezidentimiz aytganidek, “islohotlarimiz hayotda qanday aks etayotganining yaqqol isboti, yangilaniş va taraqqiyot yölidagi dadil qadamlarimizning yorqin timsoli” bölib qolmoqda.

Biznes uçun yangi şaroitlarni yaratib beriş yölidagi harakatlar bu yil ham davom etayotganligini köriş mumkin. Davlatimiz rahbari tomonidan uçraşuvda davlat uluşi bölmagan korxonalarga eksportda muddati ötgan qarzdorlik uçun jarima hisoblaş va undirişga bir yillik “moratoriy” e’lon qilinişi, hududlarda sanoat infratuzilmasini yaxşilaşga bu yil 1,7 trillion söm, keyingi yilda esa 2,1 trillion söm ajratilişi e’lon qilindi. Bularning barçasi Özbekiston yetakçisi biznes uçun, tadbirkorlik uçun nihoyatda katta imkoniyatlar eşigini oçib berayotganini körsatadi.

Tadbirkorlikka berilayotgan bunday e’tibor, albatta, natijasini beradi. Ötgan sakkiz yilda amalga oşirilgan qattiq mehnat natijasi ölaroq iqtisodiyotimizning köplab tarmoqlari yöqdan bor qilindi. Bu davrda turli sohalarga 230 milliard dollar investitsiya kirib keldi, şundan 120 milliarddan ortiği xorijiy sarmoya ekanligi amalga oşirilgan katta mehnat samarasidir.

Prezidentimiz boşçiligida amalga oşirilayotgan pragmatik siyosat tufayli, bu yil birinçi yarim yillikda Özbekiston iqtisodiyoti 7,2 foizga ösdi. E’tiborlisi, Özbekiston bunday natijalarga jahon iqtisodiyoti turli nizo va ziddiyatlar tufayli ğoyat murakkab davrni boşidan ötkazayotgan bir vaqtda erişmoqda.

Muloqotda investitsiyaviy munosabatlarni tartibga soliş, sarmoyadorlar huquqlarini himoya qiliş va ularga şaroitlar yaratiş böyiça yuzlab hujjatlar borligi, bularning hammasini töğridan töğri amal qiladigan yagona qonunga birlaştirib, Investitsiya kodeksini qabul qiliş vaqti kelgani urğulandi. Uşbu taşabbus ÖzLiDeP saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifalarga uyğun va hamohangdir.

Mazkur taşabbus partiyamiz elektorati bölgan ming-minglab tadbirkorlarimizning ayni dilidagi gap bölib, ularga yangi kuç-ğayrat bağişladi, ularni milliy iqtisodiyot taraqqiyotida yanada faol bölişga çorladi. Çunki mazkur hujjat investitsiya sohasidagi barça qoida, kafolat va tartib-taomillarni bir tizimga solib, investitsiyalarni rağbatlantirişga xizmat qiladi. Bu oqilona tadbir Özbekistonni tadbirkorlar mamlakatiga aylantiradi.

Islohotlar nafaqat son jihatdan ösişni, balki sifat jihatdan özgarişlarni ham ta’minladi. Xususiy sektorning yalpi içki mahsulotdagi uluşi 55 foizdan ortiqni taşkil qilmoqda. Xususiy sektorda yaratilgan iş örinlari soni esa umumiy iş örinlarining qariyb 75 foizini taşkil etyapti. Şu bilan birga, oilaviy biznes, fermer va dehqon xöjaliklari, hunarmandçilik va xizmat körsatiş sohasida ham sezilarli ösiş kuzatildi.

Moliya bozori va valyuta siyosatida ham muhim özgarişlar yuz berdi. Ilgari milliy valyuta — sömni erkin ayirboşlaş katta muammo bölgan bölsa, 2017 yildan keyin u töliq konvertatsiya qilindi. Bu qadam tadbirkorlar va investorlar uçun işonçli muhit yaratib berdi. Bank tizimida elektron xizmatlar kengaydi, kredit mahsulotlari turlari köpaydi, moliya operatsiyalari şaffoflaşdi. Natijada iqtisodiyotda oçiqlik va işonç muhiti paydo böldi.

Sönggi sakkiz yil davomida soliq, budjet, pul-kredit siyosati va boşqa iqtisodiy jarayonlarni muvofiqlaştirişning huquqiy asoslariga oid köplab yangi qonunlar qabul qilindi. Qonun hujjatlarida çet ellik işbilarmonlar va investorlar huquqlarining himoyasi kuçaytirildi. Ularga Özbekistonda köçmas mulk sotib oliş, kelib-ketiş va yaşaş şartlarini soddalaştirişning huquqiy asoslari takomillaştirildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda tadbirkorlar qonunçilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oşirişga va öz faoliyati yönalişlarini mustaqil ravişda tanlaşga haqli ekanligi mustahkamlab qöyildi. Mazkur normaning Boş qomusimizda aks ettirilişi tadbirkor uçun qonun hujjatlarida çeklov qöyilmagan iqtisodiyotning barça soha va tarmoqlarida faoliyat yuritiş imkoniyatlarini kengaytirdi.

Yana bir hayotiy misol: soliq va biznes muhitida juda katta özgarişlar sodir böldi. Bu tizimda ortiqça byurokratiya va hujjatbozlik barham topdi. Soliq turlari qisqartirilib, stavkalar pasaytirildi. Biznes oçiş jarayoni qisqa vaqt içida amalga oşiriladigan sodda tizimga aylandi. Şu bilan birga, litsenziya va ruxsatnoma turlari ikki barobardan köproq qisqartirildi. Bunday özgarişlar tadbirkorlik muhitini ança yengillaştirdi va kiçik hamda örta biznesning iqtisodiyotdagi uluşi sezilarli darajada ortişiga olib keldi.

Ötgan davrda sanoat va infratuzilma sohalarida ham yangi korxonalar işga tuşirilib, energetika sohasida zamonaviy elektr stansiyalari qurildi. Bugungi kunda Özbekiston, nafaqat qişloq xöjaligi mahsulotlari, balki kimyo, maşinasozlik va quriliş materiallari sohalarida ham eksportçi mamlakatga aylanib bormoqda. Bu esa iqtisodiyotning tarmoqlar böyiça muvozanatli rivojlanişidan dalolat beradi.

Fermerlarga ekin turini erkin tanlaş huquqi berildi. Agroklasterlar tizimi yölga qöyilib, meva-sabzavot eksporti ikki barobarga ortdi. Yerdan foydalaniş huquqini taqdim etişda elektron auksionlar tizimi yölga qöyildi, oçiqlik va samaradorlik ta’minlandi. Bugun qişloq xöjaligi nafaqat içki bozor ehtiyojini qondirmoqda, balki mamlakat iqtisodiyotiga valyuta kirituvçi yetakçi tarmoqqa aylandi.

Qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020–2030-yillarga möljallangan strategiyasi sohadagi islohotlarni çuqurlaştirişda muhim ahamiyatga ega böldi. 2020 yildan paxta va ğallani yetiştiriş, xarid qiliş va sotişga bozor tamoyillarini joriy etiş orqali davlat monopoliyasiga barham berildi.

Investitsiya va taşqi hamkorlik sohasida ham Özbekiston xalqaro iqtisodiy hamjamiyatda yangi mavqeiga ega böldi. Şu davrda turli sohalarga 230 milliard dollar investitsiya kirib keldi. Şundan 120 milliarddan ortiği – xorijiy sarmoya ekanligi alohida e’tiborga molikdir.

Uşbu özgarişlar natijasi va samarasini bugun xalqaro hamjamiyat e’tirof etmoqda. Xususan, sönggi 5 yilda Iqtisodiy erkinlik indeksida Özbekistonning örni 48 poğonaga, Garvard iqtisodiy murakkablik indeksida 28 poğonaga kötarildi. 2025-yilda Barqaror taraqqiyot indeksida Özbekiston öz mavqeini birdaniga 19 poğonaga yaxşilab, 62-öringa kötarilganligi qayd etiladi. Biznesni röyxatdan ötkaziş körsatkiçi böyiça mamlakatimiz 8-örin, kredit oliş imkoniyatlari böyiça esa 22-örinni qayd etdi.

Bular, albatta, öz-özidan bölayotgani yöq. Yutuqlar ötgan yillar davomida amalga oşirilgan maşaqqatli mehnat, qat’iy harakatning natijasi böldi. Xalqni rozi qilişni özining asosiy maqsadiga, elga-yurtga sidqidildan hizmat qilişni eng muhim vazifasiga aylantirgan davlatimiz siyosatini yurtdoşlarimiz ham har tomonlama qöllab-quvvatlamoqda. Xalqimizga xos bölgan mana şu yakdillik, bağrikenglik Yangi Özbekistonimizda amalga oşirilayotgan olamşumul özgarişlarning yuqori sur’atlarda ilgarilab borişiga turtki berayotgan qudratli kuçdir.

Oçiq muloqotda juda köplab taşabbuslar, imtiyozlar, yengilliklar, yangi şaroit-imkoniyatlar tilga olindi. Öz navbatida, kötarilgan dolzarb masalalar, bildirilgan taşabbuslar biz, deputatlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Bu borada biz qonun ijodkorligi jarayoniga yanada jiddiy yondaşib, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiliş, ularni qiynayotgan masalalar yeçimini qonunlarda aks ettirişga alohida e’tibor qaratamiz.

  Aktam XAITOV,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi

ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?