Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Mehnat munosabatlarida yangi bosqiç

20.08.2025
793

Özbekistonda mehnat munosabatlarini takomillaştiriş va zamonaviy mehnat bozorini şakllantiriş yölida yangi islohotlar amalga oşirilmoqda.

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 4 avgust kuni imzolangan “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlaş tizimini takomillaştiriş hamda iş beruvçilarni rağbatlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” PF-126-sonli Farmoni mehnat munosabatlarini liberallaştiriş, iş beruvçilar va işçilar manfaatlarini uyğunlaştiriş, kasbga tayyorlaş tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirişga qaratilgan.

Uşbu hujjat mohiyatiga köra, xodim va iş beruvçi örtasida samarali va adolatli munosabatlarni yölga qöyiş, kasbiy tayyorgarlik va malaka oşiriş tizimini modernizatsiya qiliş, iş beruvçilarni ortiqça hisobot va ma’muriy javobgarlikdan ozod qiliş, işsizlarni qayta tayyorlaş va ijtimoiy muhofazani kuçaytirişni özida ifoda etadi.

Farmonning qabul qilinişi mehnat munosabatlarida iştirok etuvçi barça tomonlar uçun manfaatli bölib, endilikda iş beruvçilar bugungi kungaça amalda bölgan böş işlari töğrisidagi hisobotni topşirişdan qutilib va buning uçun belgilangan javobgarlik bekor qilindi. Mehnat şartnomalari tuziş va bekor qilişning raqamlaştirilişi iş beruvçi bilan birga xodimlar uçun şaffof hamda qulay imkoniyatlarni yaratdi.

Birgina, iş beruvçilar tomonidan böş işlari töğrisidagi hisobotni 2025 yil 1 sentyabrdan boşlab taqdim etiş tartibining bekor qilinişi ruspublika böyiça 100 minglab iş beruvçilarning har oylik ovvoragarçiliklariga barxam berdi.

Fuqarolar turli sabablarga köra işsiz qolgan taqdirda munosib nafaqa va qayta tayyorlaniş imkoniyatiga ega böladi, malaka oşiriş orqali mehnat bozorida öz örnini topadi.

Iş beruvçilar öz ehtiyojiga mos kadrlarni topişda davlat organlari bilan hamkorlikda işlaydi, mehnat bozorida raqobatbardoş kadrlardan foydalaniş imkoniga ega böladi.

Mazkur Farmon Konstitutsiyamizda belgilan ijtimoiy davlat tamoyilini amalga oşiriş uçun yana bir muhim hujjat sifatida ham xizmat qildi. Mehnat bozorida teng şaroitlarda raqobat qila olmaydigan aholi qatlami manfaatlarini himoya qiliş va ularga iş örinlarini zahiralaş uçun aniq me’yorlarning örin olişi heç bir imkoniyati çeklangan şaxs e’tibordan taşqarida emasligini isbotlaydi.

Şu bilan birga, mehnat munosabatlaridagi qonuniylikni ta’minlaş, xodimlar manfaatlarini himoya qiliş, majburiy va norasmiy mehnatga barxam beriş maqsadida davlat mehnat inspektorlariga tekşirişlarni taşkil qiliş va mehnat qonunçiligi buzilgan holda qoidabuzarlikni raqamli texnologiyalar yordamida rasmiylaştirilişi şaffoflikni ta’minlaşga xizmat qiladi.

Kasb-hunarga öqitişda joriy qilinayotgan 3 bosqiçli (videodarsliklar, kasbga öqitiş va malaka oşiriş) tizim fuqarolarning xarajatlari va vaqtini tejaş bilan birga, kasb könikmalarini rivojlantirişda samarali usul sifatida baholanadi.

“Kasb vauçeri” ssudasining joriy qilinişi va bundan barça şaxslarning foydalaniş imkoniyatlari yaratilganligi aholini zamonaviy kasblarga örganişini rağbatlantiradi. Uşbu ssudani işga joylaşgandan söng ikki yil davomida qaytariş xodim uçun moliyaviy qiyinçilikni yuzaga keltirmaydi. 

Xulosa qilib aytganda, Farmon mehnat bozorini zamon talablariga mos ravişda yangilaşga xizmat qiladi. Bu islohotlar aholi uçun iş topiş imkoniyatlarini kengaytiradi, iş beruvçilar uçun esa biznes yuritişda qulay şart-şaroitlar yaratadi. Eng asosiysi, bandlik tizimida tenglik va adolat ta’minlanib, mamlakat taraqqiyotida inson kapitali asosiy ustuvor omil sifatida namoyon böladi.

 Baxtiyor Ruxitdinov
Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Işbilarmonlik muhitini yaxşilaş,
biznesni qöllab-quvvatlaş va partiya dasturlari monitoringi departamenti rahbari

Saytni yangi dizayni yoqdimi?