Mirişkorda sanoat korxonasi aholi farovonligiga xizmat qilmoqda
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boşçiligidagi işçi guruh Qaşqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalari faoliyati bilan tanişdi.
Işçi guruh dastlab Mirişkor tumani Elobod qişloğida joylaşgan “Mirişkor Ratex Tekstil” MÇJ faoliyatini örgandi. 2021 yilda taşkil etilgan korxonada bugungi kunda 250 nafar mahalliy yoşning bandligi ta’minlangan. Korxonada paxta tolasini qayta işlaş va yigirişdan iborat töliq işlab çiqariş jarayoni yölga qöyilgan.
Tanişuv davomida işlab çiqariş quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar, yaratilgan iş örinlari hamda xodimlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar közdan keçirildi. Mahsulotlar nafaqat içki bozorga, balki xorijiy davlatlarga ham eksport qilinayotgani, mahalliy xomaşyoni çuqur qayta işlaş orqali yuqori qöşimça qiymat yaratilayotgani alohida e’tirof etildi.
— Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi — xususiy mulkni qöllab-quvvatlaş, sanoatni rivojlantiriş va yoşlarni iş bilan ta’minlaşdir, — dedi Aktam Xaitov. — Partiyamiz tomonidan çekka hududlarda zamonaviy işlab çiqariş korxonalarini taşkil etiş, eksportbop mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Uçraşuvda uşbu korxona faoliyati hududiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaş, aholi daromadlarini oşiriş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş borasida muhim ahamiyat kasb etişi ta’kidlandi.