Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 25-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Muammolar joyida o‘rganilib, yechimlar belgilanmoqda

25.06.2026
86

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida O'zLiDeP Jizzax viloyati hududiy partiya tashkiloti tomonidan Yangiobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda senatorlar, mahalliy Kengash deputatlari, hokimlik va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Qabul davomida aholidan 18 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 11 tasi shu yerning o‘zida hal etildi, qolgan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Xususan, sel yo‘liga ko‘prik qurish, mahalladagi bolalar o‘yingohi qurilishini yakunlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda imtiyozli kredit ajratish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi.

Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularga tezkor yechim topish va xalq bilan muloqotni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?