Namanganda ishbilarmon ayollar saralanmoqda
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Namangan shahar, Yangi Namangan va Davlatobod tuman bosqichlari bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda hunarmandchilik, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, tikuvchilik va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar o‘z mahsulotlari va loyihalarini namoyish etdi.
Ishtirokchilarning tashabbuskorligi, tadbirkorlikdagi yutuqlari, yaratgan ish o‘rinlari va mahsulotlari sifati hakamlar tomonidan baholandi. Yakunlarga ko‘ra, eng faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ta’kidlanganidek, bunday tanlovlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.