Asosiy kontentga o‘tish
Juma 08-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Namanganlik talabalar yoshlar muammolarini hal etishda deputatlar bilan hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishni taklif qilishdi

07.05.2026
67

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Namangan davlat texnika universitetida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuvda talabalar tomonidan yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga oid muhim takliflar ilgari surildi. Jumladan, universitet talabasi Asadbek Bekjonov tomonidan yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, ularni qaror qabul qilish jarayonlariga kengroq jalb etish, yoshlar muammolarini hal etishda deputatlar bilan hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan bir qator tashabbuslar ilgari surildi.

Tadbir yakunida yoshlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, bu kabi muloqotlar yoshlarning faolligini oshirish va ularni islohotlarga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?