Namanganlik yoşlar bilan muloqotda BMT minbaridan ilgari surilgan taşabbuslar muhokama qilindi
Namangan davlat texnika universitetida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari va ÖzLiDeP Namangan viloyati Kengaşi vakillari iştirokida oçiq muloqot ötkazildi.
Uçraşuvda talabalarga ta’lim sohasidagi islohotlar, startap va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş, yoşlar uçun grant va stipendiyalar haqida ma’lumot berildi.
Alohida urğu Prezidentimiz tomonidan BMT Boş Assambleyasi minbaridan ilgari surilgan “Yoşlar huquqlari töğrisida xalqaro konvensiya” işlab çiqiş va BMTning yoşlar masalalari böyiça maxsus vakilini tayinlaş taşabbuslariga qaratildi. Bu ğoyalar Özbekiston yoşlarining xalqaro maydondagi örni va nufuzini yuksaltirişga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Talabalar öz fikr va takliflarini bildirib, bunday muloqotlar bilim va taşabbuslarni röyobga çiqarişda muhim ahamiyat kasb etişini qayd etdilar.