Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 20-oktyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Namanganlik yoshlar o‘z biznes loyihalarini taqdim etdi

20.10.2026
34

O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashi tomonidan Namangan davlat texnika universitetida «Kreativ tadbirkor yoshlar» loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi. Unda yoshlar o‘zlarining istiqbolli biznes g‘oyalari va startap loyihalarini taqdim etib, ularni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Tadbirda xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalar, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik yo‘nalishlarida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, biznesni yo‘lga qo‘yish, moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalanish va tajribali tadbirkorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Yoshlarning yangi g‘oyalari nafaqat o‘z biznesini boshlash, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish va hudud iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ham muhim imkoniyatdir. Shu bois istiqbolli loyihalarni aniqlash va ularni amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish alohida ahamiyat kasb etadi.

«Xalq bilan birga» umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi biznes loyihalarini hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?