Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 25-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Yangi imkoniyatlar va taraqqiyot sari muhim qadam

25.09.2026
622

Prezidentimizning Andijon viloyatiga taşrifi hududning ulkan salohiyatini yanada röyobga çiqariş, aholi turmuş farovonligini oşiriş va zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş yölidagi muhim voqea böldi. Taşrif doirasida belgilangan vazifalar, amalga oşirilayotgan yirik loyihalar viloyatning yangi taraqqiyot bosqiçiga qadam qöyayotganidan dalolat beradi.

Ayniqsa, Andijon şahrida Bobur şoh köçasining ikki qismini boğlovçi yangi yölötkazgiçning barpo etilişi şahar infratuzilmasini yanada rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Uşbu inşoot aholi uçun qöşimça qulayliklar yaratib, transport harakatini yengillaştiradi. Eng muhimi, şaharning ikki hududini töğridan töğri boğlab, vaqtni tejaş va aylanma yöllarga bölgan ehtiyojni kamaytirişga xizmat qiladi.

Umumiy qiymati 271 milliard söm bölgan mazkur loyiha davlatimiz rahbarining Andijon viloyatiga avvalgi taşrifi davomida berilgan topşiriqlar asosida amalga oşirildi. Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan yölötkazgiçning umumiy uzunligi 796 metr, kengligi esa 25,9 metrni taşkil etadi. Inşootning 596 metri estakada körinişida, 200 metri esa tirgak devorli yöl qismidan iborat bölib, şahar transport tizimini yanada takomillaştirişga imkon beradi.

Eng muhimi, mazkur loyiha aholi uçun muhim qulayliklar yaratdi. Endi Andijon şahri va Oltinköl tumanida istiqomat qilayotgan 140 ming nafar aholi 5,3 kilometrlik ortiqça yölni bosib ötişga ehtiyoj sezmaydi. Bu esa vaqtni tejaş, transport harakatini yengillaştiriş va aholiga yanada qulay şart-şaroit yaratiş imkonini beradi.

Şu bilan birga, maxsus xizmatlarning qatnov masofasi 15 kilometrdan 9,3 kilometrga qisqardi. Ortiqça masofa hamda temir yöl kesişmasidagi kutişlarning bartaraf etilişi natijasida manzilga yetib boriş vaqti 17 daqiqagaça kamayadi. Bu şoşilinç tibbiy yordam körsatişda muhim ahamiyatga ega bölib, endilikda bemorlarni şoşilinç tibbiy yordam markaziga avvalgidan 14 daqiqa ertaroq yetkaziş imkoni yaratildi.

Davlatimiz rahbarining Andijonga taşrif davomida belgilangan vazifalarning öz vaqtida amalga oşirilişi, har bir loyihaning xalq manfaatiga xizmat qilişi biz deputatning ham doimiy e’tiborimizda böladi. Bu jarayonda faol iştirok etib, belgilangan vazifalar ijrosi ustidan jamoatçilik va deputatlik nazoratini izçil amalga oşirişimiz lozim.

Muqaddasxon AHMEDOVA,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?