Yangi Özbekistonning global minbardagi da’vati — tinçlik va taraqqiyot sari
BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan yangragan nutqda ilgari surilgan ğoya va taşabbuslar global ahamiyat kasb etib, tinçlik, barqaror taraqqiyot va insonparvarlik yölidagi amaliy dastur sifatida e’tirof etildi.
Davlatimiz rahbari öz nutqida zamonaviy dunyodagi siyosiy qarama-qarşiliklar, iqtisodiy inqirozlar, iqlim özgarişi va ekologik tahdidlarga alohida e’tibor qaratdi. Uning zamonaviy xavf-xatarlarga qarşi samarali kuraşiş, rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini himoya qiliş maqsadida BMT Xavfsizlik Kengaşini transformatsiya qiliş va uning tarkibini kengaytirişga çaqiriği — nafaqat siyosiy bayonot, balki jahon miqyosidagi mas’uliyatli yetakçilik namunasi böldi.
Nutqning muhim jihatlaridan biri unda inson qadrini davlat siyosati markaziga qöyişga oid tamoyillarning keng yoritilganidir. Kambağallikni qisqartiriş, soğliqni saqlaş, ta’lim sohalaridagi tub islohotlar va yoşlarni qöllab-quvvatlaş – bularning barçasi “heç kim çetda qolmaydigan jamiyat” tamoyili asosida amalga oşirilayotganini körsatadi. Şuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va huquqlarini mustahkamlaş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantiriş va uni muntazam ötkazib boriş kabi takliflari – gender tengligi yölidagi amaliy qadamdir.
Prezidentimiz nutqida nafaqat milliy, balki global ahamiyatga ega bölgan qator taşabbuslar ilgari surildi. Jumladan, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaşga, ekologik muammolarni global miqyosda hal etişga qaratilgan taşabbuslari xalqaro hamjamiyatga yangi siyosiy va ma’naviy kun tartibini taklif etadi.
Prezidentimizning BMT minbaridan yangragan nutqi – bu tarixiy da’vatdir. Xulosa qilib aytiş mumkinki, bugun Özbekiston faqatgina mintaqaviy emas, balki jahon miqyosidagi nufuzli va işonçli şerik sifatida öz örnini topmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan har bir taşabbus – bu tinçlik, barqarorlik va insonparvarlik sari taşlangan mustahkam qadamdir.
Jasur JUMAYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati