Shanba 18-Yanvar 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiobodlik aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi

17.01.2025
34

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasi a’zolari, partiya vakillari va mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhi a’zolari Yangiobod tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlarni davom ettirmoqdalar. Uchrashuvlar jarayonida bevosita mahallalarga, aholi xonadonlariga kirib, ularning muammolari bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Ishchi guruh a’zolari dastlab tumandagi “Balandchaqir” mahalla fuqarolar yig‘inidabo‘lishdi. “Chakan”, “Namingon”, “Pastkichaqir”qishloqlaridan iborat mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 500 dan ortiq xonadon bo‘lib, ularda 3 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

So‘nggi yillarda mahallada tomorqachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hududda ayni kunlarda 90 dan ortiq issiqxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Misol uchun, Sulaymonqul Normuhamedov o‘z xonadonida 30 million so‘m kredit mablag‘i olib, ikki sotixlik issiqxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan edi. Limon va mandarin yetishtirilayotgan ushbu issiqxonadan xonadon egalari yiliga 30-35 million so‘m sof daromad olishmoqda.

Ishchi guruh Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan, tumandagi eng chekka Sarmishda mahalla fuqarolar yig‘inida asalarichilik, chorvachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Ikrom Nurmatov xonadonida bo‘ldi. Ayni paytda 40 quti asalari parvarish qilib, bir yilda 1 tonnagacha asal oladi. Suhbat davomida sohaning o‘ziga xos sir-asrorlarini zavq bilan gapirib berdi.

Aholi bilan samimiy va ochiq  muloqotlar chog‘ida ishchi guruh a’zolari  ularning  qiynayotgan muammolar, kamchiliklar tinglandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?