Nişonlik fermer dronlar yordamida paxta dalalariga kimyoviy işlov berişni ommalaştiriş böyiça taklif berdi
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yönalişlaridan biri — qişloq xöjaligini bozor mexanizmlariga asoslangan samarali boşqaruv tizimiga ötkazişdir. Bu orqali yer resurslaridan oqilona foydalaniş, hosildorlikni oşiriş va fermerlar mehnatini munosib rağbatlantiriş maqsad qilingan.
Ana şunday islohotlar samaradorligini örganiş, fermerlar va tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qiliş maqsadida Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Qaşqadaryo viloyatining Nişon tumaniga bordi. Partiya rahbari fermer xöjaliklari faoliyati, xususan, paxta yiğim-terimi jarayonlari bilan yaqindan tanişdi. Qişloq xöjaligida yerdan samarali foydalaniş, yuqori hosildorlikka erişiş va fermerlar faoliyatini rağbatlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlarni mazmun-mohiyati haqida söz yuritdi.
“Karimov avlodlari” fermer xöjaligi rahbari Şerzod Xolboyev boşçiligidagi jamoa joriy yilda 25 gektarda paxta yetiştirib, örtaça 70 syentner hosil olmoqda. Aktam Xaitov fermerning mehnatini yuqori baholab, uşbu natijalar yurtimizda paxtaçilik sohasida erişilayotgan yuksak körsatkiçlarning yorqin misoli ekanini ta’kidladi.
Şuningdek, Ş.Xolboyev fermer xöjaligida dronlar yordamida paxta dalalariga kimyoviy işlov beriş samarali amalga oşirilayotganini qayd etdi. U mazkur texnologiya mehnat resurslarini tejaş, iş sifatini oşiriş va vaqtni samarali taşkil etişda muhim ahamiyat kasb etişini alohida ta’kidlab, qişloq xöjaligida dronlar sonini köpaytiriş zarurligini taklif sifatida ilgari surdi. Aktam Xaitov bu taklifni ma’qullab, agrosohani raqamlaştiriş va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş ustuvor ahamiyat kasb etişini ta’kidladi.
Şuningdek, A.Xaitov “Afruza Xolyarova” fermer xöjaligi va “Mirişkor ratex textil”ga qaraşli “Paxtazor” paxta qabul qiliş maskani faoliyati bilan ham tanişdi.