Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 26-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Nukus şahrida O‘zLiDePning tarğibot tadbiri bölib ötdi

19.10.2024
1266

Nukus şahridagi “Döstlik maydoni”da Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi ommaviy tadbiri taşkil etildi.

“Erkin va farovon, qudratli yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!” şiori ostidagi ommviy tadbirda minglab tadbirkorlar, fermerlar, ta’lim va tibbiyot sohasi xodimlari, madaniyat va san’at sohasi vakillari, partiya faollari hamda yoşlar  iştirok etdi.

Tarğibot tadbirida söz olganlar partiyaning kelgusi beş yillikdagi asosiy taklif-taşabbuslariga töxtalib ötişdi. Jumladan, Partiyaning suv xöjaligi, ekologiya, energetika sohalarida davlat-xususiy şeriklikni, yöl qurilişi, gaz va elektr yetkazib beriş sohalariga esa xususiy biznesni keng jalb etiş böyiça öz oldiga qöyayotgan vazifalari hududlarni kompleks rivojlantiriş uçun muhim qadamlardir.

Partiya saylovoldi dasturida ta’lim sohasini yanada rivojlantiriş uçun ham bir qator takliflarni ilgari surmoqda. Xususan, davlat taşkilotlaridan mustaqil va xolisona baholaydigan nodavlat “ta’lim auditi” tizimini joriy qiliş, respublika va xalqaro olimpiadalarda ğolib bölgan öquvçilarning öqituvçilari uçun beriladigan mukofotlar hajmini oşiriş – ta’limga bölgan e’tiborni yanada kuçaytiradi.

Bundan taşqari, partiya dunyodagi eng nufuzli 500 ta xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qöşma öquv dasturi va “ikki diplomli tizim”ni joriy etiş, oliygohlar uçun qöşimça 120 ming örinli öquv binolari va 150 ming örinli talabalar turar joylarini quriş, oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazişni özining ustuvor vazifasi, deb biladi.  

Partiya saylovoldi dasturida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş va agrar sohani rivojlantiriş borasida ham qator ustuvor vazifalar belgilangan. Bu borada aholining sifatli oziq-ovqat mahsulotiga bölgan talabini töla qondiriş va içki bozorda qişloq xöjaligi mahsulotlari narxlari barqarorligiga erişiş, qişloq xöjaligida 1 gektar yerdan olinadigan örtaça daromadni 5 ming dollarga yetkaziş partiyaning boş vazifasidir. Şuningdek, foydalanilmayotgan maydonlarni özlaştiriş hisobiga 300 ming gektarda intensiv boğ va uzumzorlar barpo etiş, har bir mahallada yetiştirilgan mahsulotlarni qabul qiliş, saralaş, saqlaş, qayta işlaş va sotişga kömaklaşuvçi şaxobçalarni taşkil etiş kabi vazifalar ham partiya saylovoldi dasturiga kiritilgan.

O‘zLiDeP tadbirkorlar faoliyatiga aralaşganlik uçun davlat organlari mansabdor şaxslarining javobgarligini kuçaytiriş, qonuniy faoliyat yuritayotgan va soliqlarni öz vaqtida tölayotgan tadbirkorlarni tekşirmaslik hamda xususiy mulk daxlsizligini ta’minlaşga jiddiy e’tibor qaratadi.

Şu bilan birga, qonun talablarga rioya etmagan holda yer uçastkalarini olib qöyiş, mol-mulkka zarar yetkaziş uçun jinoiy javobgarlikni kuçaytiriş kabi yönalişlarda partiya zimmasiga olayotgan vazifalar ham nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega.

Tarğibot tadbirida partiyaning barqaror, sodda va adolatli soliq siyosatini joriy etiş, mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltiriş, barqaror va samarali moliyaviy xizmatlar bozorini şakllantiriş, infratuzilma va turizmni rivojlantiriş hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş kabi yönalişdagi vazifalari böyiça ham ma’lumot berildi.

Tarğibot tadbiri maşhur san’atkorlarning kuy-qöşiqlariga ulanib ketdi. Tadbirda yiğilgan fuqarolar partiyaning maqsad va ğoyalarini töliq qöllab-quvvatlaşlarini bildirib ötdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?