Juma 27-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Nukus shahrining 10 ta mahallasidagi xotin-qizlar tanlovning saralash bosqichida bellashdi

15.06.2024
460

Nukus shahrining 10 ta mahallasidagi xotin-qizlar tanlovning saralash bosqichida bellashdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, siyosiy jarayonlarni kengroq targ‘ibot qilishda, mamlakatimiz iqtisodiyoti kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning Vatanimiz kelajagi yo‘lidagi intilish va izlanishlari, jamoat ishlaridagi faolligi, bugunning tadbirkor ayolini yaratish va O’zLiDeP dasturi va saylovoldi platformasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida doimiy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining o‘rni katta.

O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi Nukus shahar Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol - 2024” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichi “Ishga marhamat” monomarkazida tashkil qilindi.

Mazkur tanlovning mahalla bosqichiga 10 ga yaqin tadbirkor va hunarmand xotin-qizlarimiz o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

- Qoraqalpoq xalqining milliy kiyimlarini tikish bilan shug‘ullanib kelayotganimga 15 yildan oshdi, - deydi hunarmand Guljaxon opa Zarimova. Hunarmandchilikning milliy liboslarni tikish yo‘nalishiga qiziquvchi xotin-qizlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi. Bugungi kunda 100 dan ziyod shogirdlarim bor. Xalqimizning milliy libosga bo‘lgan talabi yildan-yilga oshib bormaqda. Faoliyatmni yanada kengaytirish maqsadida bankdan 100 mln so‘m kredit oldim. Bundan tashqari turli tanlov va ko‘rgazmalarda ham faol ishtirok etib, milliyligimiz keng quloch yoymoqda.

Yana bir mahalladan ishtirok etayotgan tadbirokr Gulnaz opa Odilbekova 10 yildan buyon xalqimizga sifatli non mahsulotlarini ishlab chiqish bilan xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

- Korxonada 30 dan ziyod yoshlarning bandligi ta’minlangan. Mahsulotlari ichki bozorda o‘z xoridoriga ega, - deydi “ADILBEK INVEST NUKUS” MCHJ rahbari Gulnaz Odilbekova.

Mahallalardan ishtirok etgan tadbirkorlar va hunarmandlar orasidan nomzodlar hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida saralab olindi. Saralashda eng faol deb baholangan xotin-qizlar shahar bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ma’lumot o‘rnida Nukus shahrida 71 ta mahalla bo‘lsa, mazkur tanlovning saralash bosqichlari boshqa mahallalarda ham davom etmoqda.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

Saytni yangi dizayni yoqdimi?