Nuroniylar ayrim mansabdorlarning qarorlaridan norozi bölişmoqda
Nafaqa yoşidagi har bir fuqaro 3 yilda bir marta dam oliş maskanlariga bepul yöllanma oliş huquqiga ega. Biroq, ayrim mansabdorlar uşbu imtiyoz faqat işlab turgan pensionerlargagina tatbiq etilişini aytişmoqda.
Ayni muammo Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiya a’zolari hamda xalq deputatlari mahalliy kengaş deputatlaridan iborat işçi guruhning aholi bilan muloqotida örtaga taşlandi. Partiya Surxondaryo viloyati Kengaşi huzuridagi Faxriylar kengaşi raisi, Özbekiston Qahramoni Rahmon Muhammadiyev surxondaryolik nuroniylar ayrim mansabdorlarning şu kabi noxolis yondaşuvlaridan norozi bölişayotganini ta’kidladi.
Bir oy davomida viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etişni maqsad qilgan işçi guruh a’zolari mutasaddi vazirliklar bilan mazkur muammoga ijobiy yeçim topişga va’da berişdi.
Yiğilişda, şuningdek, mahalliy Kengaş deputatlarining turizm, hunarmandçilik, qişloq xöjaligi, ijtimoiy himoya, yönalişlarida takliflari ham muhokama qilindi.