Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 11-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

OʻzLiDeP tashabbusi bilan "Bepul tibbiy ko‘rik" aksiyasi tashkil qilinmoqda

10.10.2025
57

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Urganch shahridagi 1-son oilaviy poliklinikada “Salomatlik sari” loyihasi doirasida “O‘zLiDeP onkologik kasalliklarga qarshi kurashadi!” shiori ostida bepul tibbiy ko‘rik aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda 13 ta mahallada yashovchi xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga bachadon bo‘yni saraton kasalligi xavfini aniqlash maqsadida kolposkopiya usuli orqali skrining tekshiruvlari amalga oshirildi. Jami 85 nafardan ortiq ayol salomatligi tekshirildi.

— Onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlash har bir ayol uchun juda muhim. Bu kasalliklar ko‘pincha belgilarsiz kechadi, shuning uchun yiliga kamida bir marta profilaktik ko‘rikdan o‘tish lozim, — deydi oliy toifali shifokor, akusher-ginekolog Jamila Oltmishova.

Tadbirda sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Mahalla faoli Nafisa Quryazova ham bepul tekshiruv uchun partiyaga minnatdorlik bildirdi:
— Ilgari shifokorga borish uchun imkoniyatim yo‘q edi. Bugun bepul ko‘rikdan o‘tdim, maslahat oldim. Bu g‘amxo‘rlik biz ayollar uchun katta yordam, — dedi u.

Bunday loyihalar aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va onkologik kasalliklarni erta aniqlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?