Oçiq muloqotda bulunğurlik tadbirkorlarning muammolariga yeçim topildi
Bulunğur tumanida “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi ötkazildi. Uçraşuvda tuman hokimligi va mutasaddi idoralar vakillari iştirok etib, tadbirkorlar murojaatlarini joyida körib çiqişdi.
Muloqotda tadbirkorlar yer oliş, qurilişga ruxsatnoma, kiçik sanoat zonasidagi loyihalar, hunarmandlar uçun böş yerdan foydalaniş, işlab çiqarişni kengaytiriş kabi masalalarni kötarişdi. Xususan, Kamol Şamsiyevning kiçik sanoat zonasida yer va ruxsatnoma bilan boğliq muammosi nazoratga olindi. Hunarmandga faoliyatini kengaytiriş uçun böş yer ajratiş masalasi tuman hokimligida körib çiqiladigan böldi. Tadbirkor Umida Xoljigitovaning suda oliş va işlab çiqarişni kengaytiriş böyiça murojaatiga amaliy yordam körsatildi.
Uçraşuvda barça murojaatlar körib çiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi, boşqalari böyiça esa mutasaddi idoralarga deputatlik sörovlari çiqariladigan böldi.
Forumning ikkinçi qismida partiya faollari oilaviy tadbirkor Nazira Rasulovaning qurt işlab çiqariş korxonasi faoliyati bilan tanişdilar. Uşbu korxona mahsulotlarini içki bozor bilan birga qöşni davlatlarga ham eksport qilmoqda.