Ohangaronlik işbilarmon ayol sohibasi xorijga 320 ming AQŞ dollarlik mahsulot eksport qilgan
"Işbilarmon ayol - 2025" tanlovining Toşkent viloyati bosqiçi yakunlandi. Yakuniy hisob-kitoblarga köra, ğoliblik Ohangaron şahridagi ğaltak iplar uçun qoğoz poddonlar va quriliş maxsulotlari uçun antifriz işlab çiqaruvçi “Ekeler paper and plastic packaging” qöşma korxonasiga nasi qildi.
– Korxonamiz kartonlardan tayyorlangan poddonlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan, deydi korxona rahbari Aziza Hasanova. – Plastik va yoğoç poddonlarga nisbatan uyali kartondan yasalgan poddonlar arzonroq, yengil, qayta işlanadigan va ekologik toza mahsulot hisoblanadi. Xususan, ğaltaklar kabi oğir va yirik mahsulotlarni taşişda uyali kartondan işlangan poddonlar qulaylik yaratadi. Bu nafaqat mahalliy bozorda, balki eksport yönalişlarida ham talab yuqori bölgan mahsulot hisoblanadi. Şu bois ötgan 2024 yilda jami Turkmaniston, Belarusiya va Qozoğistonga 320 ming AQŞ dollar miqdoridagi mahsulotlar eksport qildik.
Ta’kidlaş kerak, korxona sönggi uç yilda jami 24 mlrd. sömlik mahsulot işlab çiqargan. Korxonada ayni damda 215 nafar işçi-xodim mehnat qilmoqda.