Oltiariqlik 200 nafar fuqaro bepul tibbiy körikdan ötkazildi
ÖzLiDeP Farğona viloyat Kengaşi taşabbusi bilan Oltiariq tumanidagi 2-son texnikumda “Salomatlik sari” aksiyasi taşkil etildi. “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida ötkazilgan mazkur tadbir aholi salomatligini mustahkamlaş, kasalliklarning oldini oliş va soğlom turmuş tarzini tarğib qilişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi.
Aksiya davomida 200 nafarga yaqin fuqaro malakali şifokorlar tomonidan bepul tibbiy körikdan ötkazildi. Fuqarolarga soğlom ovqatlaniş, jismoniy faollikni oşiriş hamda kasalliklarning oldini oliş böyiça tavsiyalar berildi. Ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qiliş, yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabetni erta aniqlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, aniqlangan kasalliklar böyiça fuqarolarga zarur yöllanmalar berilib, davolaniş va soğlomlaştiriş işlarini taşkil etiş böyiça amaliy yordam körsatildi. Bunday taşabbuslar aholi örtasida tibbiy madaniyatni yuksaltiriş, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş va inson salomatligini muhofaza qilişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.