Seshanba 08-Iyul 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qonun ijodkorligi va parlament nazoratida muhim yondashuv

06.05.2025
210

Siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyalarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Ularda quyi palataning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan qator qonun loyihalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari o‘rtasida tashkil qilingan “Taraqqiyot bloki”ning ilk yig‘ilishida dastlab Hisob palatasining 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, Hisob palatasi o‘z faoliyatini “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi Qonun talablari va asosiy prinsiplariga muvofiq amalga oshirib kelmoqda. Bu jarayonda palata faoliyatini avvalgi moliyaviy tekshirish prinsiplaridan yangicha, xalqaro standartlar asosidagi audit o‘tkazishga qaratib, davlatning professional xulosa beruvchi va baholovchi audit organi sifatida qayta shakllantirdi.

Hisobot bilan batafsil tanishgan deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni o‘rtaga tashladi. Jumladan, “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi a’zosi Bekmirza Eshmurzayev partiya g‘oyalaridan kelib chiqib, oliy ta’lim bilan bog‘liq masalani ko‘tardi.

Deputat vazirlik tomonidan aynan ushbu masalalar yechimi bo‘yicha aniq qanday ishlarni amalga oshirish reja qilinayotgani bilan qiziqdi.

Shu va boshqa savollarga tegishli javoblar berilgach, Hisob palatasining 2024-yildagi faoliyati bilan bog‘liq masala qo‘llab-quvvatlandi.

Shundan so‘ng kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?