Qonun ijrosi — parlament nazoratida
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiriş va sanoat masalalari qömitasining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi.
Unda deputatlar, Adliya vazirligi, Soliq qömitasi, Kadastr agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar agentligi, Energetika vazirligi mutasaddilari hamda OAV vakillari iştirok etdi.
Yiğilişda “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi qonunning ijrosini Andijon viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida örganiş yakunlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, sönggi yillarda respublikada yer uçastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilişini ta’minlaş borasida keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. Mazkur qonun yillar davomida turli sabablarga köra, töla-tökis qonuniy hujjatlarga ega bölmagan holda qurilgan uy-joylar va yer uçastkalariga nisbatan huquqiy e’tirof etilişiga imkon berdi.
Uşbu hujjatda yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uçastkasiga bölgan ijara huquqi 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bölsa, barça hududlarda 0,24 gektardan, 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan bölsa, Toşkent, Nukus şaharlarida va viloyat markazlarida 0,06 gektardan, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oşmaydigan hajmda belgilangan.
Qonunga muvofiq, hududlarda özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarni bosqiçma-bosqiç inventarizatsiya qiliş har yilgi reja-jadval asosida amalga oşiriladi.
Yiğilişda mazkur qonunning ijro etilişi yuzasidan tegişli vazirlik va idoralarning axborotlari tinglandi. Uşbu qonun tom ma’noda, unikal hujjat bölgani, u bilan yer uçastkasi va mulkka bölgan huquqlarni e’tirof etişning asosiy şartlari aniq belgilab qöyilgani qayd etildi.
Axborotda keltirilişiça, 2025-yil 16-sentyabr holatiga köra, mamlakat böyiça 680 mingdan ortiq obyekt xatlovdan ötkazilgan. Şundan 280 mingga yaqin obyektlar avtomatlaştirilgan axborot tizimiga kiritilgan. 9089 ta obyektga nisbatan huquqlar e’tirof etilgan bölsa, 5050 tasi rad etilgan. 1700 dan obyekt esa Xalq deputatlari Kengaşlarida körib çiqilmoqda.
Eşituvda hududlarda olib borilgan örganişlar natijalari, jumladan, Andijon viloyati misolida amalga oşirilgan nazorat-tahlil işlari qonun ijrosini ta’minlaşda qator tizimli muammolar borligini körsatgani aytib ötildi. Xususan, “E'tirof” axborot tizimida ma’lumotlarni kelişiş jarayoni uzoq vaqtni talab qilişi, himoya zonasiga tuşgan yerlarning umumiy maydoni rad etilayotgani, kosmik suratlarning yetarli emasligi, aholi uçun ortiqça taşkiliy qiyinçiliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.
Şuningdek, qonun ijrosi böyiça ayrim hududlarda xatlov işlari reja asosida bajarilmayotgani, soliq miqdorining yuqoriligi aholi noroziligiga sabab bölayotgani, şundan kelib çiqib, respublika miqyosida ham örganişlar ötkaziş va aholi fikrini çuqur tahlil qiliş lozimligi ta’kidlandi.
Fraksiya a’zolari qonun ijrosidagi kamçiliklarni bartaraf etiş, aholi manfaatlarini inobatga oliş, qonun normalarini amaliyotga töliq joriy etiş böyiça qator takliflar berdi. Masalan, huquqlarni e’tirof etiş jarayonida qöşimça tölovlar va soliq qarzdorligi masalasi aholi uçun oğirlik qilayotgani aytilib, soliq yukini qayta körib çiqiş hamda aholi uçun qulay şart-şaroit yaratiş zarurligi qayd etildi.
Andijon viloyatida amalga oşirilgan örganiş natijalarida kötarilgan muammolar respublikamizning boşqa hududlariga ham xos ekanligi ma’lum qilindi. Himoya zonasiga tuşgan yer uçastkalari va bino-inşootlarga huquqlarni e’tirof etiş masalalarida yagona me’yoriy yondaşuv mavjud emasligi, kadastr hujjatlarini rasmiylaştirişda turli xil holatlar kuzatilayotgani urğulandi.
Muhokamalar davomida deputatlar mutasaddi vazirlik va idoralarga qonun ijrosini ta’minlaşda şaffoflik va tizimlilikni kuçaytiriş, huquqlarni e’tirof etiş jarayonida byurokratik tösiqlarni kamaytiriş, “E'tirof” axborot tizimini takomillaştiriş, hududlardagi muammolarni markaziy organlar darajasida hal etiş lozimligini ta’kidladilar.
Şuningdek, uşbu qonun öziga xos xususiyatga egaligi, undagi imtiyozlar 2028-yilning 1-yanvarida yakunlanişini inobatga olgan holda, uning ayrim moddalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça mutasaddi vazirlik va taşkilotlar bilan fikr almaşilib, bir qator takliflar berildi.
Yakunda kun tartibidagi mazkur masala yuzasidan tegişli qaror qabul qilindi.