Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida sarhisob va yangi rejalar
Xiva shahridagi “Farovon Xiva” mehmonxonasida joylashgan boshlang‘ich partiya tashkilotida hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotning 2025 yildagi faoliyati sarhisob qilinib, 2026 yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, Xorazm viloyatidagi 1279 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti 178 mingdan ortiq a’zolarni birlashtirayotgani ta’kidlandi.
Yig‘ilishda o‘tgan yildagi ishlar tanqidiy tahlil qilinib, partiyaning quyi bo‘g‘ini sifatidagi faoliyatni yanada kuchaytirish, a’zolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mehmonxona jamoasi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar orqali partiya g‘oyalarini keng targ‘ib qilish ishlari ham samarali ekani qayd etildi.
Kun tartibidagi muhim masalalardan biri — boshlang‘ich partiya tashkiloti raisini saylash bo‘ldi. Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi deputati Lola Mirzayeva tomonidan ilgari surilgan nomzod Nargiza Hamroyeva a’zolar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.