“Oriyat”da ötkazilgan “Yurakka yöl” aksiyasi doirasida 1217 xonadon qamrab olindi
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Muzrabot tumani “Oriyat” mahallasida ötkazilgan “Yurakka yöl” aksiyasi aholi bilan bevosita muloqot örnatiş va ularning turmuş şaroitini yaxşilaşga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi. 7553 nafar aholi istiqomat qiladigan, 1217 ta xonadonni qamrab olgan mahallada deputatlar va partiya faollari uyma-uy yurib, fuqarolar muammolarini örgandilar.
Örganişlar davomida ijobiy misollar ham qayd etildi. Jumladan, Sulaymon Xayitov 25 sotix yerda köçatçilik orqali daromad topayotgan bölsa, Töxtagul Bekkeldiyeva 5 sotixli issiqxonasi va 30 sotix yerda çorvaçilik bilan şuğullanib, samarali mehnat qilmoqda. Bu kabi misollar mahallada tadbirkorlik muhitining şakllanayotganini körsatadi.
Şu bilan birga, ayrim hududlarda içki yöllarni ta’mirlaş va içimlik suvi ta’minotini yaxşilaş kabi muammolar aniqlandi. Ularni bartaraf etiş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilab olinib, mas’ul taşkilotlarga topşiriqlar berildi. “Yurakka yöl” aksiyasi aholi dardini eşitiş va yeçim topişga qaratilgan samarali muloqot maydoniga aylandi.