Asosiy kontentga o‘tish
Juma 25-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘rta Chirchiqdagi sayyor qabulda Z.Ahmedovaning murojaati darhol hal etildi

25.09.2026
28

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi tomonidan O‘rta Chirchiq tumanida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida navbatdagi sayyor qabul tashkl etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Pak Viktor Nikolayevich, O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi raisi Fayziyev To‘lqinjon Obidovich, tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Sayyor qabulda 90 nafardan ortiq fuqaro qatnashib, bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik, yer va kadastr, yo‘l infratuzilmasi hamda tibbiy xizmatlarga oid 45 dan ortiq masala yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.
Jumladan, “Xalqobod” MFYda istiqomat qiluvchi Zaxro Ahmedova turmush o‘rtog‘i uchun nogironlik aravachasi ajratish masalasida murojaat qildi. Murojaat ijtimoiy xodim tomonidan joyida o‘rganilib, fuqaroga nogironlik aravachasi berildi.
Sayyor qabul davomida har bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmaslik, fuqarolar ko‘targan masalalarni imkoni boricha joyida hal etish va qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha aniq muddatlarda ish olib borish vazifalari belgilab olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?