Asosiy kontentga o‘tish
Juma 07-Noyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tariladi

07.11.2025
62

Davlatimiz rahbarining Amerika qo‘shma shtatlariga tashrifi davomida AQSH va Markaziy Osiyo davlat rahbarlari muloqot forumi bilan birgalikda ikki tomonlama muloqot ham bo‘lib o‘tdi. Prezidentimiz Amerika qo‘shma shtatlari Prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdilar.
Unda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish borasida kelishib olingani ikki mamlakat rivoji uchun nihoyatda muhim va o‘zaro manfaatli ekanini alohida qayd etamiz.

Shuningdek, Prezidentlar uchrashuvida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama etilgan

Ikki tomonlama uchrashuvda yaqinda - shu yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Global va mintaqaviy ahamiyatga molik muhim va dolzarb masalalar, shu jumladan, “S5+1” formatida Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan ham fikr almashilgan.
Davlatimiz rahbari Donald Trampni ichki va tashqi siyosatdagi yuksak muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabriklab, uning o‘tkir xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasida qo‘shayotgan shaxsiy hissasi va sa’y-harakatlari alohida e’tirof etdi.

Prezident Donald Tramp shu kunlarda O‘zbekiston yetakchisi AQSH hukumati vakillari, yirik kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuv va muzokaralar o‘tkazganini olqishladi.

Davlat rahbarlari birgalikda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni ilgari surishning institusional mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish borasida ham gaplashib olishgan.

AQSH bilan kelishuvlar mamlakatimiz uchun, ayniqsa partiyamizning asosiy elektorati bo‘lgan tadbirkorlar uchun manfaatli ekanini alohida e’tirof etamiz va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagm kelishuvlarni qo‘llab- quvvatlaymiz.


Aktam XAITOV,
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi

Saytni yangi dizayni yoqdimi?