Özbekiston – ŞHT: partiyalararo muloqot kuçaymoqda
Joriy yilning 22–27 aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Urumçi şahrida “Şanxay hamkorlik taşkilotini barqaror rivojlanişiga kömaklaşiş – Şanxay ruhini namoyon qiliş: siyosiy partiyalarning mas’uliyati va vazifalari” mavzusidagi siyosiy partiyalar forumi bölib ötdi. Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisining örinbosari ham iştirok etdi.
Nufuzli anjumanga taşrifning asosiy maqsadi – Özbekistonning partiyalararo aloqalarini yanada mustahkamlaş, hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş va mamlakatimizdagi siyosiy islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor etişdan iborat böldi.
Forumda ŞHTga a’zo, kuzatuvçi va muloqotçi maqomga ega 20 dan ortiq davlatlardan 200 dan ziyod siyosiy partiya va parlament vakillari qatnaşdi. Özbekiston delegatsiyasi keng qamrovli islohotlar, oçiq va pragmatik taşqi siyosat, inson qadrini yuksaltiriş va fuqarolar manfaati yölidagi harakatlar haqida atrofliça ma’lumot berdi.
Ta’kidlaş joizki, delegatsiya tarkibida bölgan ÖzLiDeP vakillari mazkur forumda partiyalararo munosabatlarni mustahkamlaş, xalqaro siyosiy muloqot böyiça muhim taklif va taşabbuslarni örtaga taşlaşdi.
Tadbir doirasida Şinjon-Uyğur avtonom rayoni partiya qömitasi kotibi Ma Sinjuy hamda Çjeszyan provinsiyasi gubernatori Lyu Sze kabi nufuzli rasmiylar bilan muloqotlar ötkazilib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Şuningdek, delegatsiyamizning Qozoğiston, Qirğiz Respublikasi, Tojikiston, Ozarbayjon, Rossiya va Belarus davlatlari vakillari bilan ham özaro fikr almaşinuvlari qizğin keçdi.
Forum dasturiga köra, sun’iy intellekt, raqamlaştiriş, soğliqni saqlaş, ijtimoiy himoya, ekologik masalalar, milliy qadriyatlarni muhofaza qiliş kabi sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Bundan taşqari ŞHT siyosiy partiyalar forumi xalq diplomatiyasining muhim platformasi sifatida e’tirof etildi.
Şuni alohida ta’kidlaş kerakki, Xitoy tomoni ham Özbekistondan taklif etilgan delegatsiya a’zolariga katta e’tibor qaratgan holda ikki davlat örtasidagi partiyalararo hamkorlik aloqalarni yanada kuçaytiriş tarafdori ekanliklarini bildirdi. Bunday qiziqiş, ta’kidlaş kerakki, uşbu forumda iştirok etgan boşqa davlatlar vakillarida ham kuzatildi.
Yana bir e’tiborli jihati, parlamentlararo va partiyalararo aloqalarni kuçaytiriş maqsadida tadbirda qatnaşgan delegatsiyalar bilan kelişilgan holda bir qator manfaatli takliflar ham örtaga taşlandi. Ta’kidlaş örinliki, uşbu anjuman nafaqat siyosiy partiyalar, balki parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlaşda ham muhim örin tutadi. Bu esa mamlakatimizda olib borilayotgan izçil islohotlar, oçiqlik va taraqqiyot sari taşlanayotgan dadil qadamlarimiz xalqaro maydonda munosib baholanayotganining yana bir bor tasdiği böldi, desak arziydi.