Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

ÖZBEKISTON: YIM HAJMINI 160 MLRD DOLLARGA YETKAZIŞ MAQSADI YÖLIDA

13.09.2024
2465

Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi öz faoliyatidagi yönalişidan kelib çiqqan holda joriy yilgi saylovoldi dasturida ham juda muhim taşabbuslarni ilgari surmoqda. Jumladan, YaIM hajmini 160 mlrd dollarga, aholi jon boşiga töğri keladigan YaIM hajmini 4 ming dollarga yetkazişni maqsad qilgan.

Ma’lumki, Yalpi içki mahsulot (YaIM) yaxlit iqtisodiyot rivojlaniş yakunini ifodalaydigan işlab çiqarişning pirovard körsatkiçi hisoblanadi.

Statistika ma’lumotlariga köra, mamlakatimizda 2023-yilda YaIM hajmi joriy narxlarda 1 134,02 trln söm yoki örtaça almaşuv kursi böyiça 96,6 mlrd AQŞ dollariga teng bölgan.

Şu bilan birga, Xalqaro valyuta jamğarmasi 2023-yilda yalpi içki mahsulotimiz ilk bor 100 milliard dollardan oşganini e’tirof etgan.

2023-yilda YaIM tarkibida qişloq xöjaligi uluşi 21,6 foizni yoki 20,9 mlrd AQŞ dollarini, sanoatning uluşi 32,2 foiz yoki 31,1 mlrd AQŞ dollarini, xizmat körsatiş sohasining uluşi 46,2 foiz yoki 44,6 mlrd AQŞ dollarini taşkil etgan.

“Özbekiston–2030” strategiyasida mamlakat yalpi içki mahsulotini 2030-yilga borib 2022-yilga nisbatan ikki barobar köpaytiriş, ya’ni uni 160 milliard dollarga yetkaziş, aholi jon boşiga töğri keladigan uluşni 4000 dollarga yetkaziş, iqtisodiy körsatkiçlar böyiça Özbekistonni örtaça körsatkiçdan yuqori davlatlar qatoriga çiqariş maqsad qilib belgilangan.

Şu örinda savol tuğiladi:160 mlrd AQŞ dollari marrasiga erişiş kafolatlari qanday? Qöşilgan qiymat qaysi sohalar hisobiga töğri keladi? Buning asoslari nimalardan iborat?

Tahlillar 2030-yilga borib 160 mlrd AQŞ dollariga teng YaIM tarkibi böyiça 45 mlrd AQŞ dollari sanoatga, 30 mlrd AQŞ dollari qişloq xöjaligiga va 85 mlrd AQŞ dollari xizmat körsatiş sohasi hissasiga töğri kelişini prognoz qiliş imkonini beradi.

Özbekiston sönggi 5 yilda aholi jon boşiga YaIM körsatkiçi muntazam ösib kelayotgan davlatlarning qatorida sanalmoqda.

Xulosa sifatida ta’kidlaş mumkinki, 2030-yilga borib mamlakatimiz yalpi içki mahsulotini 160 mlrd AQŞ dollariga yetkaziş uçun barça imkoniyatlar mavjuddir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?