Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 23-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Özbekistonning global taşabbuslari va Yangi Markaziy Osiyo istiqbollari

04.10.2025
781

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMT Boş Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida nutq sözlab, dunyoda keçayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar, xalqaro xavfsizlik va barqaror rivojlaniş masalalari yuzasidan öz qaraşlarini bildirdi. Davlatimiz rahbari BMTning xalqaro hamjamiyat uçun asosiy muloqot maydoni sifatida ahamiyatini qayd etib, uning Xavfsizlik Kengaşini transformatsiya qiliş zarurligini ta’kidladi. Bu taklif rivojlanayotgan davlatlar manfaatlarini töliq himoya qilişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Prezidentimiz nutqida Özbekistonda olib borilayotgan islohotlar, jumladan, kambağallik darajasining 35 foizdan 6,6 foizgaça qisqarişi, ta’lim va ilm-fan sohasida amalga oşirilayotgan özgarişlar, “yaşil” energetika hamda sanoat infratuzilmasining rivojlanişi kabi natijalar alohida tilga olindi. Bu islohotlar inson qadrini yuksaltiriş va Yangi Özbekiston konsepsiyasini amalga oşirişda muhim qadamlar sifatida baholandi.

Mintaqaviy siyosatga töxtalar ekan, davlatimiz rahbari sönggi yillarda Markaziy Osiyoda çegaralarning oçilişi, savdo va investitsiya hajmining beş barobarga oşişi, yirik infratuzilma loyihalarining amalga oşirilayotganini qayd etdi. U bu jarayonni “Yangi Markaziy Osiyo” şakllanişi sifatida baholab, mintaqaning xalqaro munosabatlarda alohida subekt sifatida tobora mustahkam örin egallayotganini ta’kidladi.

Prezidentimiz global xavfsizlik masalalarida Afğonistonda tinçlik örnatiş, Ğazo va Ukrainadagi nizolarni diplomatik yöl bilan hal qiliş zarurligini ta’kidladi. Şu bilan birga, terrorizmga qarşi kuraş va qayta integratsiya masalalarida xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş taşabbuslarini ilgari surdi.

Iqlim özgarişi va Orol muammosiga alohida e’tibor qaratildi. Prezidentimiz Özbekistonda amalga oşirilayotgan amaliy işlar – Orol dengizi tubida 2 million gektar maydonga çöl ösimliklari ekilişi, Suvni tejaş böyiça Jahon forumini taşkil etiş taklifini xalqaro hamjamiyat uçun dolzarb taşabbus sifatida namoyon etdi.

Yoşlarning global tinçlik jarayonlaridagi iştiroki, “Jahon yoşlarining tinçlik sari harakati” taşabbusi, şuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati mamlakatning madaniy va ma’naviy merosini tarğib qilişga xizmat qilişi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbarining nutqi Özbekistonning xalqaro obrösini yanada mustahkamlab, uni global va mintaqaviy siyosatda faol iştirok etuvçi davlat sifatida namoyon etdi.

Abdullo Aslonov,
O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi örinbosari,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?