Özbekiston–Ozarbayjon munosabatlari yangi bosqiçda: Aktam Xaitov maqolasi xorij OAVlarida
Bugun mamlakatimiz «Özbekiston – 2030» strategiyasi doirasida keng qamrovli islohotlar yölidan dadil odimlamoqda. Bu ulkan hayotiy dastur aholining turmuş farovonligini yanada oşirişga har tomonlama ijobiy ta’sir körsatiş, milliy iqtisodiyotni yanada mustahkamlaş, turizm salohiyatini rivojlantiriş va xalqaro hamkorlikni kengaytirişga qaratilgani bilan e’tiborga molikdir. Uşbu strategik islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oşirilişi mamlakatning mintaqada ham, xalqaro maydonda ham mavqeini tobora kuçaytirmoqda.
Albatta islohotlarning eng muhim yönalişlaridan biri, bu aholining yaşaşi, turmuş farovonligini oşiriş bilan boğliq. Masalan, faqatgina 2024 yilning özida aholi real daromadlari 6,3 foizga ösdi, kambağallik darajasi esa 2020 yilga nisbatan 17 foizdan 11 foizga pasaydi.
Demak, mamlakatda iqtisodiy ösiş barqarorligi ta’minlanmoqda. 2024 yil yakunlariga köra, Özbekistonning yalpi içki mahsulot hajmi 6,1 foizga ösdi. Bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori körsatkiçlardan biri hisoblanadi. Töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hajmi 4,8 milliard dollarga yetdi, umumiy investitsiyalar esa 393 trillion sömni taşkil qildi. Iqtisodiyotning real sektorida 250 mingdan ortiq yangi iş örni yaratildi.
Yana bir e’tiborli jihati, Özbekistonda turizm sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2024 yilda Özbekistonga 8,2 million xorijiy sayyoh taşrif buyurgan bölsa, bu – pandemiyadan keyingi eng yuqori körsatkiç sanaladi. Qiyoslaş uçun e’tibor qarataylik, 2023 yilda bu körsatkiç 6,6 millionni taşkil etgan, ya’ni ösiş 24,2 foizni taşkil qilgan edi. Şu bilan birga, 2024 yilda mamlakat fuqarolari tomonidan içki turizm doirasida jorijiy davlatlarga 22,7 million marta sayohat amalga oşirilgani ham diqqatga sazovor raqam.
2025 yil haqida söz ketar ekan, quyidagi raqamlarga e’tibor qaratiş lozim: joriy yil boşiga kelib, mamlakatda 6,1 mingdan ortiq mehmonxona, xostel va mehmon uylari faoliyat körsatmoqda, ularning umumiy örin fondi 161 mingdan ortiq. Özbekistonda taxminan 2,5 ming mehmonxona mavjud bölib, ularning 18 foizi 4-5 yulduzli ob’yektlardir. Jahon turizm taşkiloti (VTO) baholariga köra, Özbekiston Yevroosiyoda turizm sektori eng tez rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi.
Içki islohotlar fonida taşqi siyosat yönalişi ham alohida ahamiyatga ega bölib borayotgani kuzatilmoqda. Şu örinda Ozarbayjon Respublikasi bilan davom etayotgan har tomonlama aloqalarning mustahkamlanişi Özbekistonning yangi diplomatiyasi – pragmatizm va oçiqlikka asoslangan siyosatning yorqin namunasidir. Sönggi ikki yilda ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi 50 foizdan ziyod oşdi va 2024 yilda 181 million dollarga yetdi. Hukumatlararo qöşma komissiya tuzildi, töqimaçilik, kimyo va logistika sohalarida qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda. Ozarbayjon biznes doiralari Navoiy va Jizzax viloyatlariga investitsiya kiritişga katta qiziqiş bildirmoqda.
Şu tariqa, geosiyosiy vaziyat tez özgarib borayotgan va mintaqaviy hamjihatlikka ehtiyoj kuçayib borayotgan bir şaroitda Özbekiston–Ozarbayjon stratyegik şerikligi tobora mustahkamlanib bormoqda. Davlatlarimiz özaro hurmat, pragmatizm va birodarlik tamoyillariga asoslangan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş mumkinligini namoyon etmoqda. Bundan taşqari, ular mintaqaviy hamkorlikning barqarorlik, oçiqlik va tinçlikka qaratilgan namunasiga aylanmoqda.
Joriy yilning iyul oyi boşida Bokudagi «Zagulba» qarorgohida bölib ötgan Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi yiğilişi Özbekiston–Ozarbayjon munosabatlarida öziga xos yangi bir bosqiçni boşlab berdi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga uyuştirilgan davlat taşrifi esa özaro işonç va strategik qöllab-quvvatlaş ramzi sifatida muhim ahamiyat kasb etdi.
Özbekiston rahbari alohida ta’kidlab ötganidek, uşbu taşrif va Kengaş majlisi ikki davlat örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganiga öttiz yil tölgan yilda ötkazilmoqda. Bu voqea nafaqat ramziy, balki çuqur amaliy ahamiyatga ham ega. Şu ma’noda, Toşkent va Boku örtasida siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va transport aloqalari avvallari heç qaçon kuzatilmagan darajada kengaydi.
Mamlakatimiz Prezidenti ta’biri bilan aytganda: «Tarixda heç qaçon munosabatlarimiz hozirgidek oliy darajaga kötarilmagan».
Alohida ta’kidlaş lozimki, Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevning oqilona yurgizayotgan siyosati uşbu ölkadam barqaror iqtisodiy ösişni ta’minlaşda hal qiluvçi rol öynamoqda. Uning tinimsiz intilişi tufayli iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş, infratuzilmani rivojlantiriş va investitsiyaviy jozibadorlikni oşiriş bilan boğliq strategik işlar izçil amalga oşirib kelmoqda. Bu sa’y-harakatlar tufayli mamlakat Yevroosiyoda muhim energetik va logistik markaz sifatida öz mavqeini mustahkamlab bormoqda. Prezident tomonidan olib borilayotgan izçil taşqi siyosat uslubi Özbekistonni ham öz içiga olgan asosiy şeriklar bilan yaqinlaşuvga xizmat qilmoqda.
Ozarbayjonning iqtisodiy muvaffaqiyatlari esa energetika, transport, qişloq xöjaligi va savdo sohalarida Özbekiston bilan özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş uçun mustahkam asos yaratmoqda. Bu munosabatlarni yanada çuqurlaştiriş ikki mamlakat iqtisodiyotlarini yagona makon doirasida integratsiya qilişning yangi imkoniyatlarini oçmoqda.
Birinçidan, tarixdan ma’lumki, Özbekiston va Ozarbayjonni umumiy maqsadlar, qaraşlar va intilişlar birlaştirib keladi. Xalqlarimizni tarix, milliy qadriyatlar, til va madaniyat boğlab turgani ham ayon. Ikki davlat örtasida samimiy, ahil va işonçli aloqalar hamişa mustahkam bölgan.
Şu ma’noda men uçun prinsipial ahamiyatga ega bir jihatni alohida ta’kidlamoqçiman. Ozarbayjonda yuqori darajada taşkil etilgan xalqaro tadbirlarda qatnaşiş asnosida, e’tiborli jihati, uşbu qardoş mamlakatning ozod etilgan hududlarini ham ikki marta köriş baxtiga muyassar böldim. Ayniqsa qadimiy va ramziy Şuşa şahriga qilgan unutilmas safarimiz esda qolarli voqea böldi. Ozarbayjon xalqi uçun tarixiy, madaniy va ma’naviy ahamiyatga ega bölgan Şuşa bugun yana madaniyat va tiklaniş markaziga aylanmoqda.
Fursatdan foydalanib, Özbekiston fuqarosi va qolaversa, yetakçi partiya rahbari sifatida Ozarbayjon Respublikasining hududiy yaxlitligini astoydil qöllab-quvvatlaşimni izhor etaman. Şuningdek. partiyamizning millionlab a’zolari ham döst, qardoş ozar xalqining öz davlat suverenitetini tiklaşdagi buyuk ğalabasidan mamnunlik hissini tuyadi.
Safarimiz çoğida işonç hosil qildimki, hurmatli Ilhom Aliyevning oqilona rahbarligi ostida Ozarbayjon, jumladan, avval mojaroli bölgan hududlarda ham qöşniçilik, hamkorlik va taraqqiyot muhitini yaratişga intilmoqda. Ozod qilingan hududlarda amalga oşirilayotgan tiklaniş va infratuzilma işlarining sur’atini yuksak baholayman va şuni ta’kidlaymanki, uşbu davlat tajribasi yaratuvçan yondaşuv va milliy birdamlikning namunasi hisoblanadi.
Ikkinçidan, davlatlararo doimiy aloqalar orqali özaro siyosiy işonç tobora mustahkamlanib bormoqda. Keyingi yillarda qadim Xivada birinçi Markazlararo parlament forumi, Andijonda 60 dan ortiq kelişuv imzolangan rektorlar forumi, hukumatlararo komissiya yiğilişi va Bokuda ötkazilgan mintaqalar forumi esda qolarli yangilik va voqealarga boy böldi. Bularning barçasi hamkorlik jarayonlarida hukumatdan tortib, hududlar va universitetlargaça bölgan turli darajalardagi iştirok yanada mustahkam bölib borayotganini bildiradi.
Uçinçidan, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş majlisning asosiy mavzusi böldi. 2025 yil ikki davlat munosabatlarida Iqtisodiy hamkorlik yili deb e’lon qilindi — va bu ham bejiz emas.
Oxirgi bir yil içida Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi tovar aylanmasi 25 foizga ösdi. Bugungi kunda bu mamlakatda özbek kapitali iştirokida taxminan 300 ta qöşma korxona faoliyat körsatmoqda. Investitsiya loyihalari portfeli 4 milliard dollarga yetdi va bu hali faqat boşlanğiç bosqiçdadir. Keyingi yillarda savdo va investitsiya hajmini yiliga bir milliard dollarga yetkaziş rejalaştirilmoqda.
Ta’kidlaş öriliki, uşbu yiğilişda alohida Kooperatsiya dasturi taqdim etildi. U sanoat, infratuzilma, qişloq xöjaligi, turizm, soğliqni saqlaş va moliya sohasini qamrab olgan loyihalarni öz içiga oldi. Şu bilan birga, qöşma investitsiya kompaniyasi faoliyatini kuçaytiriş, Tadbirkorlar kengaşini va sanoat hamda iqtisodiy zonalar forumini taşkil etiş taşabbusi bir ovozdan qöllab-quvvatlandi. Bu esa tomonlarning nafaqat klassik savdoga, balki qöşimça qiymat zanjirlarini kompleks rivojlantirişga, yuqori texnologiyali sohalarga va barqaror taraqqiyotga ham sodiq ekanini körsatadi.
Imzolangan hujjatlar orasida eng muhimlarini sanaş mumkin: bulardan biri 2025–2026 yillarga möljallangan Sanoat kooperatsiyasi dasturi bölsa, Agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat xavfsizligini rivojlantiriş böyiça amaliy harakatlar rejasi hamda 2030 yilga qadar tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkaziş dasturi istiqboli kattaligi bilan ajralib turadi.
Ikki tomonlama hamkorlikka asoslangan uçraşuvning muhim jihatlaridan yana biri – Özbekiston «yaşil» elektroenergiyasini Yevropaga eksport qiliş böyiça qöşma loyihani jadallaştiriş haqidagi kelişuv böldi. Bu loyiha Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazdagi keng qamrovli «yaşil ötiş» strategiyasining bir qismiga aylanişi mumkin. U kelgusida butun mintaqa uçun energetik mustaqillik va ekologik xavfsizlikni mustahkamlaşi şubhasiz.
Şuningdek, yana bir muhim yönaliş – transport logistikasini rivojlantiriş bilan boğliq. Bu Seredin (Transkaspiy) transport koridori doirasida amalga oşirilmoqda. 2025 yil bahoridan Özbekiston va Ozarbayjon örtasida yuk taşiş uçun elektron ruxsatnoma tizimi joriy qilindi. Bu esa yuk taşiş hajmini 25 foizga yoki yiliga bir million tonnadan ziyodga yetkazdi. Seredin koridorining rivojlanişi uni Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Turkiya va Yevropani boğlovçi strategik arteriyaga aylantirmoqda. Kelgusida bu yönaliş Şarq va Ğarbni geosiyosiy beqaror hududlardan çetlab ötadigan asosiy logistika elementiga aylanişi mumkin.
Bundan taşqari, dengiz yöllari va kema quriş sohasida hamkorlik töğrisida ham Protokol imzolandi. Bu Kaspiy dengizi orqali dengiz logistikasini kengaytirişda yangi imkoniyatlarni oçadi.
Gumanitar sohadagi kelişuvlar esa Toşkent va Boku örtasidagi strategik şeriklik nafaqat pragmatik manfaatlarni, balki barqaror va inklyuziv taraqqiyot masalalarini ham qamrab olişini tasdiqladi. Atrof-muhitni muhofaza qiliş, ilm-fan, kasbiy va oliy ta’lim sohasida hukumatlararo bitimlar tuzildi. Ayrim hujjatlar esa 2025–2027 yillarda fuqarolarni ijtimoiy himoya qiliş masalalariga taalluqlidir.
Bu ikki davlatning BMT e’lon qilgan Barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşiriş borasidagi sa’y-harakatlari nuqtai nazaridan ayniqsa muhim. Bu holda ekologiya, ta’lim va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş masalalari kun tartibining çetida emas, balki markazida turgan mintaqaviy ijtimoiy siyosat yetakçiligi namoyon bölmoqda.
Ikki davlat örtasidagi madaniy aloqalar ham yil sayin kuçayib bormoqda. Xususan, Xivada ötkazilgan xalqaro «Baxşi» festivalida ozarbayjonlik «Şirvon» ansamblining iştirok etişi va bu ansamblning Gran-pri sovrinini qölga kiritgani tarixiy voqea böldi. 2025 yilda yoşlar örtasida madaniy almaşinuv yönalişida qator qöşma tadbirlar ötkaziş rejalaştirilgan, bu esa yubiley yilida ayniqsa ahamiyatlidir.
Yana bir muhim ramziy qadam – Bokuda «Özbekiston» boğini quriş boşlandi va Özbekiston Respublikasi elçixonasining yangi binosi oçildi. Javob tariqasida Özbekistonda «Ozarbayjon» boği va «Sea Breeze» turistik majmuasi qurilişiga tayyorgarlik körilmoqda. Bu taşabbuslar madaniy va diplomatik ahamiyatga ega bölib, ikki birodar xalqqa hurmat va ikki millat örtasida ma’naviy yaqinlikni mustahkamlaş yölida poydevor böladi.
Xalqaro va mintaqaviy masalalarga bağişlangan tadbirlar kun tartibida ikki mamlakat rahbarlarining ezgu maqsadlari yakdil ekani va bir-birini xalqaro maydonlarda qöllab-quvvatlaş niyatini yana bir bor tasdiqladilar. Özbekiston barça nizoli masalalarni faqat tinç, diplomatik yöl bilan hal etiş tarafdori ekanini baralla aytib kelmoqda. Ozarbayjonning ham uşbu yondaşuvni töla qöllab-quvvatlaşi ikki davlatning xalqaro miqyosdagi umumiy ovozini kuçaytiradi.
Zamonaviy dunyoda davlatlararo munosabatlar bilan bir qatorda partiyalararo aloqalar ham muhim ahamiyat kasb etayotgan bir şaroitda, Özbekiston va Ozarbayjon ham yetuk, strategik jihatdan puxta öylangan va izçil hamkorlik aloqalarini tobora kuçaytiriş tarafdori. Şu ma’noda, 2022 yil noyabr oyida yuksak ramziy ahamiyatga ega voqea sodir böldi: Ozarbayjon rahbari partiyamiz delegatsiyasini tantanali qabul qilib, samimiy muloqotda bölganini ÖzLiDeP tarixida eng yorqin sahifalardan biri bölib qoladi. Şaxsan men uçun ham uşbu rasmiy qabul ikki döstona davlat örtasidagi işonç va özaro tuşunişning yuqori bosqiçiga aylanayotganining yorqin misolidir. Şuningdek, Ozarbayjon tomonining Özbekiston bilan şeriklikni rivojlantirişga qaratilgan alohida e’tibori namunasi böldi. Ozarbayjon davlatining milliy yetakçisi “Yangi Ozarbayjon” partiyasi va ÖzLiDeP örtasidagi hamkorlik samaradorligini alohida ta’kidlab, özaro taşriflarni davom ettiriş, muloqotni çuqurlaştiriş, hamkorlik platformalarini kengaytiriş va siyosiy aloqalarni mustahkamlaşning muhimligini qayd etdi.
Ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasining yorqin natijasi sifatida 2024 yilda Ozarbayjonda “Yangi Ozarbayjon” partiyasi va Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi örtasida hamkorlik töğrisidagi muhim hujjat – Memorandumning imzolanişi erişilgan kelişuvlarni mustahkamlabgina qolmasdan, balki tenglik, özaro qöllab-quvvatlaş va umumiy maqsadlarga asoslangan partiyalararo hamkorlikning yangi bosqiçini boşlab berdi. Hujjat Özbekiston va Ozarbayjon örtasidagi strategik şeriklikni çuqurlaştiriş böyiça qöşma deklaratsiya qoidalarining amaliy ifodasiga aylandi.
Bugungi kunda mazkur kelişuv doirasida ikki partiya vakillaridan iborat delegatsiyalarning özaro taşriflari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda, partiyalararo taşkilotçilik va mafkuraviy qaraşlarga oid dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda, partiya siyosiy qurilişi va elektorat bilan işlaş böyiça ilğor tajribalar özaro almaşinmoqda.
Şu tariqa, “Yangi Ozarbayjon” partiyasi va ÖzLiDeP örtasidagi partiyalararo aloqalar ikki davlat siyoiy kuçlarining strategik muloqotini çuqurlaştirişning muhim mexanizmiga aylanib, xalqlarimiz örtasida döstlik yanada mustahkamlamoqda va mintaqaviy barqarorlik, taraqqiyot va rivojlaniş yölida muhim hissa bölib qöşmoqda.
Bu esa mamlakat içkarisidagi islohotlar uning xalqaro nufuzi bilan bevosita boğliq ekanini yaqqol körsatadi. Siyosiy maqsadlarni közlagan institutlar tobora rivojlanib, iqtisodiyotni mustahkamlaş va gumanitar aloqalarni kengaytirar ekan, partiyalar nafaqat içki vazifalarni hal qilmoqda, balki yaxşi qöşniçilik va mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlaşga ham katta hissa qöşmoqda. Şu ma’noda, imzolangan Memorandum şunçaki hujjat emas, balki Özbekistonning Ozarbayjon bilan strategik aloqalari fonida amaliy yönaliş beruvçi, samarali va hayotiy ahamiyatga ega bölgan hujjat sifatida namoyon bölmoqda.
Aktam XAITOV,
ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisi
Mazkur maqola "Yangi Ozarbayjon" partiyasi sayti, “Unikal” axborot sayti, Ozarbayjon davlat axborot agentligi, Ozarbayjon partiya yoşlar qanotining sahifasi, "Ozarbayjon" gazetasi - rasmiy davlat gazetasi va "Ozarbayjon" gazetasi rasmiy saytida çop etildi.