Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

Mahsulotlari jahonga çiqqan hunarmand Andijonning işbilarmon ayol ğolibi böldi

02.09.2025
941

Andijonda “Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun!” şiori ostida “Işbilarmon ayol – 2025” körik-tanlovining respublika-hududiy bosqiçi bölib ötdi.
Mazkur tanlovning viloyat bosqiçida tuman, şahar bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritgan 16 nafar işbilarmon ayol iştirok etdi.

Körik-tanlov doirasida iştirokçilar faoliyati, ular tomonidan işlab çiqarilayotgan, tayyorlanayotgan mahsulotlar körgazmalari taşkil etildi.

Nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan tanlov qatnaşçilarining faoliyati böyiça taqdim etilgan hujjatlar körib çiqildi. Baholaş jarayonida ularning eksport-import salohiyati, xorijiy investitsiyalarni jalb etişdagi faolligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaşda amalga oşirgan işlari, “Ayollar daftari”da qayd etilgan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etiş böyiça amaliy harakatlari va boşqa mezonlar asos qilib olindi.

Yakuniy natijalarga köra, belgilangan şartlar asosida eng yuqori baho olgan Baliqçi tumanida yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan Mehriniso Ismoilova ğolib deb topildi.

– Men qariyb 10 yildan buyon tadbirkorlik bilan şuğullanaman, – deydi tanlov ğolibi M. Ismoilova. – Yoşligimdan hunar örgandim, bugun ana şu hunar ortidan öz brendimni yaratdim, köplab festival va körgazmalarda qatnaşib, yutuqlarga erişdim. Eng muhimi, hayotda öz örnimni topdim. Tanlovning respublika-hududiy bosqiçida ğolib bölganligimdan behad mamnunman. Uşbu muvaffaqiyat menga kuç va şijoat beradi. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz turmuş farovonligi yölida yanada astoydil işlaşga undaydi.

Körik-tanlovda ikkinçi örin Jalaquduq tumanidagi “Guljahon XXI” fermer xöjaligi rahbari Guljahon Usmonovaga, uçinçi örin esa izboskanlik hunarmand Matluba Töraboyevaga nasib etdi.

Ğoliblar, şuningdek, turli nominatsiyalar böyiça sovrindorlar partiya viloyat kengaşining diplom va esdalik sovğalar bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?