Aktam Xaitov: Aholi soni izçil ösayotgan bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş dolzarb masala
Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Çunki aholi soni izçil ösayotgan bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş dolzarb bölib bormoqda.
Global iqlim özgarişlari, tabiiy ofatlar, yer va suv resurslari taqçilligi qişloq xöjaligi sohasida ham jiddiy muammolarni keltirib çiqarmoqda. Yurtimizda bu masala davlat siyosati darajasiga olib çiqilib, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça izçil çora-tadbirlar amalga oşirilayotir.
Sönggi yillarda qişloq xöjaligi rivojiga berilayotgan yuksak e’tibor, sohaga doir qabul qilingan “Qişloq xöjaligi kooperativi töğrisida”gi, “Dehqon xöjaligi töğrisida”gi, “Tomorqa xöjaligi töğrisida”gi qonunlar barqaror rivojlaniş va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşga xizmat qilayotir. Xususan, 2025 yil 3 fevral kuni qabul qilingan “Oziq-ovqat xavfsizligi töğrisida”gi qonun xalqimizning oziq-ovqat xavfsizligini kafolatli ta’minlaşga qaratilgan tarixiy hujjat böldi. Zero, unda oziq-ovqat xavfsizligi böyiça umumiy qoidalar, sohani tartibga soliş va davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, iste’molçilarning, xöjalik yurituvçi sub’yektlarning oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari aks etdi.
2025 yilni mamlakatimizda “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yili” deb e’lon qilingani va bu yilgi Davlat dasturi sohani barqaror rivojlantiriş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, qişloq xöjaligida “yaşil” texnologiyalarni qöllaş, ekologik toza mahsulotlar yetiştiriş böyiça yangi imkoniyatlar oçmoqda.
Sohaga ilğor agrotexnologiyalar, ilm-fan va innovatsiya yutuqlari ham keng joriy etilayotgani ijobiy natija beryapti. Masalan, kyeyingi uç yilda 250 ming gektar paxta va ğalla yeri oziq-ovqat yetiştirişga berilib, 160 ming gektar yangi boğ va tokzor barpo etildi. Eskirgan 107 ming gektari yangilangan holda, 1 milliard dollarlik 1,5 mingta oziq-ovqat loyihasi işga tuşirildi.
Yuz ming tonna saqlaş, 70 ming tonna quritiş, 46 ming tonna saralaş va qadoqlaş quvvatlari yaratildi. Natijada ötgan 6 oyda oziq-ovqat eksporti 44 foiz ösib, 1 milliard 326 million dollar böldi. Eksport geografiyasi esa 16 ta davlatga köpaydi.
Bugungi kunda dehqonu fermerlarimiz barça şart-şaroitlarga ega. Jumladan, ekin-tekin uçun uruğlik, mineral öğit va boşqa zaruriy resurslar bevosita fermerning dalasi boşigaça yetkazib berilib, barça turdagi xizmatlar körsatilmoqda. Ular moliyaviy jihatdan ham har tomonlama qöllab-quvvatlanmoqda.
Har oyning oxirgi haftasida hududlarda bölib, tadbirkorlik sub’yektlari, fermer xöjaliklari faoliyati bilan yaqindan tanişamiz. Nazorat-tahlil tadbirlari doirasida ham ularning fikr-mulohazalari, takliflarini eşitamiz. Fermerlarimizning davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaş yölida qilayotgan mehnatlari, bozorlarimiz tökinligiga qöşayotgan hissasi e’tiborga molik.
Qişloq xöjaligidagi islohotlar xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgani, jumladan, şu oyda Özbekiston BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti — FAO Kengaşi a’zoligiga saylangani ham mazkur tarmoqda öz vaqtida körilayotgan çora-tadbirlar natijasi, desak töğri böladi. Bu a’zo davlat sifatida yangi xalqaro taşabbuslarni ilgari suriş va investitsiyalarni jalb etişda mamlakatimiz uçun katta imkoniyatlar eşigini oçadi.
Prezidentimiz raisligida şu yil 30 iyul kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida ham meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini köpaytiriş masalalari muhokama qilinib, uşbu sohadagi işlarni yangi bosqiçga kötariş böyiça muhim vazifalar belgilab berildi. Bildirilgan fikrlar mamlakat agrar siyosatida yangi bosqiçga ötiş zarurligini yana bir bor körsatdi.
Albatta, oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik uçun muhim bölgan issiqxonada mahsulotni köpaytiriş borasida ustuvor vazifalar belgilab berilgani bejiz emas. Çunki oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik masalasidir. Endilikda issiqxonalar, toifasidan qat’i nazar, yer soliğini qişloq xöjaligi yerlari stavkasida tölaşi hozirgi kunda issiqxonalarni moliyaviy qiyin vaziyatga tuşirgan muammoning töğri yeçimi böldi.
Yana bir yangilik: 2028 yilga qadar issiqxona işçilari uçun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tuşiriladi. Bu yangi iş örinlarini taşkil etişga xizmat qiladi.
Ma’lumki, dukkakli mahsulotlar eng katta eksport zaxiralardan biri. Har yili 450 million dollarlik loviya, moş, tariq va nöxat eksport qilinayotgani e’tiborga molik. Lekin işçi kuçi yetişmagani uçun hosilning 30 foizi tökilib, isrof bölayotgani, katta miqdorda eksport imkoniyati boy berilayotgani bu borada zarur çoralar körişni taqozo etadi. Bu orqali eksport hajmi yanada kengayib, içki bozorda narx-navo barqaror, sohadan daromad oliş körsatkiçlari ham ança yuqori böladi.
Rivojlangan mamlakatlarda fermerlar dukkakli ekinlarni maxsus kombayn bilan yiğiştiradi. Qişloq xöjaligi jamğarmasidan bunday texnikalarga 15 foizgaça subsidiya berilişi, kredit stavkasining 10 foizdan oşgan qismi ham qoplanişi fermerlarimiz uçun keng imkoniyatlar yaratib, ularni faollikka çorladi.
Eksportçilar taşişga ortiqça xarajat qilmasligi uçun bojxona rejimida qayta işlangan mahsulotni istalgan postdan eksport qiliş imkoniyati yaratilayotgani partiyamiz elektorati bölgan tadbirkorlar va işbilarmonlar uçun katta imkoniyat va rağbat böladi. Bu imtiyoz va imkoniyatlar mas’uliyatimizni ham oşirişi kerak.
Hozirgi kunga qadar 200 ming gektarda suv tejovçi texnologiyalar joriy qilingani katta samara berdi. Bu orqali 420 million kubmetr suv iqtisod qilinib, qöşimça 65 ming gektarda meva-sabzavot yetiştiriş imkoniyati yaratildi. Uşbu işlar uçun ötgan yili 2,6 trillion söm, joriy yil esa 1,2 trillion söm sarflandi.
Yil yakunigaça yana 10 ming gektarda tomçilatib va yomğirlatib suğorişni yölga qöyiş, 200 ming gektarni lazerli tekislaş uçun 1 mingta texnika xarid qiliş rejalaştirilgan. Bu öz navbatida, suvni asrab-avaylaş, uning har tomçisidan unumli foydalaniş, xosildorlikni oşirişga turtki beradi.
Dala çetiga ekin ekiş, kooperatsiyalar böyiça qonunlar va Suv kodeksining qabul qilingani suv tanqisligi şaroitida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir. Şu ma’noda, biz, deputatlar, mahalliy kengaş vakillaridan qişloq xöjaligida daromadni oşiriş, eksportni rağbatlantiriş, tadbirkorlarni standartlar joriy qiliş va sertifikat olişga örgatiş böyiça faol bölib, qonunçilikka oid yangi taklif berişimiz talab etiladi.
Biz partiyamiz elektorati bölgan tadbirkorlar va fermerlar uçun muhim bölgan mazkur masalalarda, jumladan, qonunlarni takomillaştiriş va ijrosini ta’minlaş borasida hukumat idoralari bilan faol hamkorlikda iş olib borişimiz lozim.
Aktam XAITOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi
ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari.