ÖzLiDeP “10 ming moliyaçi” loyihasini ötkazmoqda
ÖzLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi, Toşkent şahar Kengaşi, partiya fraksiyasi va Oliy ta’lim vazirligi hamkorligida “Özbekiston oliy va professional moliyaviy-iqtisodiy ta’lim tizimi va xalqaro professional sertifikatlaşning integratsiyalaşuvi” mavzusida davra suhbati ötkazildi. Tadbir “10 ming moliyaçi” loyihasi doirasida taşkil etildi. Loyiha 2030 yilgaça xalqaro darajadagi 10 000 nafar moliya mutaxassisini tayyorlaş uçun zamonaviy ekotizim yaratişni, ta’lim dasturlarini modernizatsiya qiliş va mustaqil sertifikatlaş tizimini joriy etişni közda tutadi.
Davra suhbatida ACCA kabi xalqaro sertifikatlarni oliy ta’lim tizimiga integratsiya qiliş tajribasi, moliya-iqtisodiy mutaxassisliklar böyiça milliy va xalqaro malakalarni uyğunlaştiriş, mutaxassislarni tayyorlaş sifati va öqituvçilarni sertifikatlaştiriş masalalari keng muhokama qilindi. Şu bilan birga, ta’lim dasturlarini xalqaro standartlarga moslaş, malakalarni baholaş tizimini takomillaştiriş va kadrlar raqobatbardoşligini oşiriş böyiça fikrlar bildirildi.
Tadbirda muammolar va yeçimlar böyiça aniq takliflar ilgari surilib, ularni umumlaştiriş va amaliy tavsiyalar işlab çiqiş belgilandi. Qayd etilişiça, loyihaning amalga oşirilişi iqtisodiy samaradorlikni oşiriş, yuqori maoşli yangi iş örinlari yaratiş, moliya mutaxassislarining xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini kuçaytiriş hamda ta’lim sohasini tubdan modernizatsiya qilişga xizmat qiladi.