Yakshanba 10-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP 2030 yilgacha bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini 50 foizga yetkazishni taklif qilmoqda

25.10.2024
40

Qarshi Davlat universitetida “Va’da emas, natija, ertaga emas, bugun” shiori ostida O‘zLiDeP yetakchisi Aktam Xaitovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Aktam Xaitov mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhit yaratish, yoshlarning o‘z iqtidorlarini namoyon etishi, bilim va hunar egallab, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun barcha sharoitlarni muhayyo etish, tadbirkorlik faoliyati erkinligini huquqiy jihatdan kafolatlash partiyaning keyingi 5 yillikdagi ustuvor vazifasi ekanini e’tirof etdi.

Shuningdek, professional ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, 2030 yilgacha bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini 50 foizga yetkazish partiyaning ustuvor vazifasi ekani qayd etildi.

Uchrashuv so‘nggida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar olishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?