Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 10-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP aksiyasi doirasida 70 nafar xotin-qiz bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

08.06.2026
101

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida “Salomatlik sari” aksiyasi doirasida aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Unda mutaxassislar fuqarolarning qon bosimi, qondagi qand miqdori va umumiy salomatlik holatini tekshirib, zarur tibbiy maslahatlar berdi.

Aksiya davomida 70 nafardan ortiq xotin-qizlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada 23 nafar ayolga profilaktik tavsiyalar berildi, 11 nafarida esa qon bosimi va qondagi qand miqdori yuqori ekani aniqlanib, qo‘shimcha tekshiruv va davolanish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj 15 nafar ayolga bepul dori-darmon vositalari yetkazildi. “Salomatlik sari” aksiyasi aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?