Asosiy kontentga o‘tish
Yakshanba 22-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qiliş

ÖzLiDeP bilan Belarus Respublikasining “Belaya Rus” partiyasi örtasida muloqot bölib ötdi

12.12.2025
994

Joriy yilning 12-dekabr kuni Belarus Respublikasining “Belaya Rus” partiyasining yangi saylangan raisi O.Çemodanova taşabbusi bilan ÖzLiDeP raisi A.Xaitov qatnaşgan videokonferensiya şaklidagi uçraşuv ötkazildi.

Muloqotda “Belaya Rus” partiyasi raisi O.Çemodanova, rais örinbosari A.Bugrov, Belarus Respublikasi Milliy majlisi vakillar palatasi deputati A.Şpakovskiylar iştirok etdi.

ÖzLiDeP raisi öz sözida ikki davlat rahbarlari örtasida yölga qöyilgan işonçli va oçiq muloqotlarga asoslangan strategik hamkorlik natijasida Belarus va Özbekiston örtasidagi munosabatlar izçil rivojlanib borayotganini, şuningdek bunday köp qirrali hamkorlikda siyosiy partiyalar xalq manfaatlari hamda uzoq muddatli milliy maqsadlarni çuqur anglaş va ilgari surişda muhim örin tutişini ta’kidladi.

Öz navbatida, O.Çemodanovaning ta’kidlaşiça, hozirgi kunda özbek-belarus siyosiy hamkorligi, jumladan, ikki davlat yetakçilarining döstona munosabatlari tufayli parlamentlararo aloqalar va yoşlar diplomatiyasi yönalişidagi hamkorlik izçil rivojlanib bormoqda. O.Çemodanova ijtimoiy sohada partiyalararo munosabatlarni, şuningdek, mahalliy kengaşlar örtasidagi aloqalar, yoşlar va xalq diplomatiyasini faollaştiriş uçun zarur şaroitlar yaratilganini bildirdi. Şu munosabat bilan O.Çemodanova “Belaya Rus” partiyasi ÖzLiDeP bilan keng qamrovli aloqalarni jadallaştirişga tayyorligini ma’lum qilib, turli yönalişlarda barqaror hamkorlik örnatişga katta qiziqiş bildirdi.

ÖzLiDeP raisi partiyalar örtasida ikki tomonlama aloqalarni tizimli ravişda rivojlantiriş maqsadida hamkorlik memorandumini tuziş taklifini ilgari surdi.

O. Çemodanova mazkur taşabbusni qöllab-quvvatlab, memorandumni işlab çiqiş uçun qöşma işçi guruh tuziş, unda yoşlar va ayollar “qanotlar”i örtasidagi aloqalarni kengaytiriş, tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş, şuningdek, gumanitar hamkorlikning yangi şakllarini işlab çiqiş lozimligini ta’kidladi.

Tomonlar, şuningdek, qöşma forumlar va davra suhbatlarini taşkil etiş orqali siyosiy tajriba almaşişga tayyor ekanini bildirdi.

Uçraşuv döstona va konstruktiv ruhda ötdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?